Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlangan tanlovda faxrli 2-o’rin

06.12.2019, 16:57 Yangiliklar 29

6-dekabr kuni ToshDSHIning Jahon siyosati yo’nalishi talabalari Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganligiga bag’ishlangan tanlovda faxrli ikkinchi o’rinni egalladilar.

Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida bo’lib o’tgan intellektual bellashuvda ToshDSHI talabalari bilan birga Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari ishtirok etishdi.

Tanlov savollari talabalarning xalqaro, Yevropa va milliy darajada inson huquqlari sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirishga yordam berdi.

G’oliblarni ushbu tadbir tashkilotchilari – Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Yuksalish” milliy harakati va Yoshlar ittifoqi delegatlari taqdirladilar.

ToshDSHI talabalarini Koreysshunoslik fakulteti o’qituvchisi Nikolaeva Kamila Sergeevna bellashuvga tayyorladi.

photo5427377484661370323 photo5429629284475055045 photo5427255971446631415