Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiya tarixi bo‘yicha qator ma’ruzalar tashkil etildi

07.02.2020, 14:05 Yangiliklar 41

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponiya tarixi bo‘yicha qator ma’ruzalar tashkil qilindi. Ma’ruzalar bir xafta davomida, ya’ni 16 yanvardan 22 yanvargacha yaponiyalik professor Onuma Takaxiro tomonidan o‘qildi. Bu tadbir talabalarning dunyoqarashi va bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, asosan yapon tili, Yaponiya madaniyati va tarixiga oid edi. Onuma Takahiro Yaponiyaning Tuxoku universiteti Adabiyotshunoslik fakul’tetida faoliyat olib boradi. Olimning ma’ruzalari urushdan keyingi davrda Yaponiya va boshqa davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar tarixi; O‘rta asrlar Yaponiya tarixi; Meydzi davridagi Yaponiya sivilizasiyasiga bag‘ishlangan edi. Ushbu ma’ruzalarda Yaponshunoslik fakul’teti Yapon filologiyasi kafedrasining 1,2,3,4-kurs talabalari, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Muxsinov, Yaponshunoslik fakul’teti dekani E. Matchanov, kafedra mudiri N.Xolmirzaeva, kafedra dosenti Sugano Reyko, shuningdek yapon filologiyasi kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. – Yapon filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari. Ma’ruzalarda qatnashganlarning umumiy soni 40dan ziyod edi. Ma’ruzalarda yapon tilining tarqalishi, Yaponiya-Tayvan munosabatlarining muammolari, O‘rta asrlar madaniyati, tarixi, tili, Meydzt davridagi ijtimoiy o‘zgarishlarning muammolarikabi mavzular muhokama qilindi . Ma’ruzalardan so‘ng talabalarning yapon tilidagi savollari tinglandi. Ma’ruzalar yakunida Yaponshunoslik fakul’teti dekani E. Matchanov rektor G.Sh.Rixsieva nomidan professorga minnatdorchilik bildirib, tashakurnoma topshirdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: