Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

1-kurs talabalari bilan davra suhbati

12.09.2019, 12:03 Yangiliklar 38

12 sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakultetida rektor Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna boshchiligida 1-kurs talabalari hamda fakultetning professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat avvalida talabalik safiga qo’shilgan 1-kurs talabalariga tabrik va samimiy tilaklar bildirilib, ular orasida eng yuqori ball to’plagan hamda olimpiada g’olibligini qo’lga kiritib talabalar safiga qo’shilgan faol yigit-qizlarga maxsus tashakkurnomalar taqdim etildi.

Suhbat davomida institutning imidji, undagi ichki tartib-intizom, darslarni samarali tashkillashtirish, innovatsion g’oyalarni amalga oshirish, ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishda talabalar uchun mavjud shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar haqida batafsil to’xtalib o’tildi. “Nur Sharqdandur” degan iborani hayotga tatbiq qilgan holda, talabalar o’z tashqi ko’rinishlari va odob-axloqlari, bilimlari va ilmiy salohiyatlari, institutning ilmiy, ijtimoiy hamda ma’naviy hayotidagi faol ishtiroklari bilan yetuk shaxs sifatida shakllanib borish bilan birga, institut imidjining yuqori darajaga ko’tarilishiga o’z hissalarini qo’shishlari ta’kidlandi.

photo_2019-09-13_12-47-04 photo_2019-09-13_12-47-02 photo_2019-09-13_12-47-00 photo_2019-09-13_12-46-59 photo_2019-09-13_12-46-49

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: