Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

15.01.2017, 20:02 Yangiliklar 711

Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblashgan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Bayram tadbirlari mamlakatimizning barcha joylarda keng nishonlanmoqda. Shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham o‘tkazildi. Mazkur tadbirni institut rektori ochib berib, Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barcha yig‘ilganlarni tabrikladi.
So‘ngra O‘zbekiston milliy universiteti Harbiy kafedrasi ofiser-o‘qituvchilariga institut rahbariyatining etdalik sovg‘alari topshirildi. Institut talabalari tomonidan ona-Vatannimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: