Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

2018/2019-o‘quv yili oldidan kengaytirilgan ilmiy kengash

30.08.2018, 17:45 Yangiliklar 456

Joriy yilning 29 avgust kuni 2018/2019-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, yangi o‘quv yili davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan ilmiy kengash bo‘lib o‘tdi. Ilmiy kengash tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi va 2018-yilda ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, ilmiy va innovatsiya ishlarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar qatori yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham e’tirof etildi. Xorijiy professor-o‘qituvchilarni institutda dars berish jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida kafedralarning axboroti tinglandi.

Mazkur ilmiy kengashda 2017/2018-o‘quv yili davomida o‘zining uzoq yillik samarali mehnati, yosh avlodni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalashda sidqidildan faoliyat ko‘rsatayotganligi, ta’lim jarayonini samarali olib borishda va yosh sharqshunoslarni tayyorlashda munosib hissasini qo‘shayotganligi hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Xitoy siyosati, tarixi va iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti Sadibekova Bibisora Djabbarovna, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Idirov Ulug‘bek Yusupovich hamda Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul Mamatoxunova Muborak Usmonovna “Tashakkurnoma” va moddiy rag‘batlantirish bilan taqdirlandilar.

photo_2018-08-29_15-57-52 photo_2018-08-29_15-57-43 photo_2018-08-29_14-46-48 photo_2018-08-29_15-50-27

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: