Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

81-o’rta maktabda Yapon tilidan mahorat darslari

17.10.2019, 14:10 Yangiliklar 69

17-oktabr kuni Uchtepa tumenidagi 81-o’rta maktabning 6-sinflarida ToshDSHIning “Yapon filologiyasi” kafedrasi mudiri, PhD N.Xalmurzayeva “Yaponiya maktablarida ta’lim tizimi” va kafedraning katta o’qituvchisi Z.Ziyamova “Uy hayvonlari va yapon tilida iyerogliflarning qo’llanilishi” mavzularida mahorat darslarini o’tkazdilar. Mahorat darslarida yangi pedagogik tehnologiyalar, interaktiv-kommunikativ metodlar qo’llanilib, yapon tilida olib borildi. Dars rejasi “Can do – qila oladimi?” maqsadiga muvofiq tuzildi.

Mahorat darslarida bevosita qatnashgan pedagogik amaliyotni o’tayotgan Yapon filologiyasi kafedrasining 4-bosqich talabalari darsni yapon tilida olib borish, o’quvchilar e’tiborini darsga jalb qilish usullari hamda dars jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalar va ko’rgazmali qurollardan amaliy foydalanishni o’rganib oldilar.

Darslar yakunida N.Xalmurzayeva tomonida yaratilgan “Yapon tili grammatikasi” kitobining taqdimoti va kitob sovg’a qilish aksiyasi o’tkazildi.

photo5285446115656837977 photo5285446115656837978 photo5285446115656837979 photo5285446115656837980 photo5285446115656837981

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: