Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“9-dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurarshish xalqaro kuni”

10.12.2017, 13:30 Yangiliklar 128

“9 dekabr – Korrupsiyaga qarshi kurarshish xalqaro kuni” munosabati bilan “Ochiq eiklar kuni” doirasida  Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakultetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori A.Mannonov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, Mirobod tuman prokurori yordamchi Z.Shoumarova hamda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan korrupsiya mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazuvchi, demokratik institutlarni zaiflashtiruvchi, ijtimoiy tartibni buzuvchi va jamiyat ishonchini poymol etuvchi illat sifatida e’tirof etib, uning oldini olish va unga barham berishda davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o‘zaro hamkorligining zarurligi qayd etildi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida Axborot-resurs markazida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga oid huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va turli viktorinalar va munozaralar uyushtirildi.

9-korr 9-korr2

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: