Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Kapitan Radjabov Mamadamin Kurbovich xonadoniga tashrif

06.05.2018, 22:10 Yangiliklar 752

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3667-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan,  “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mazkur rejada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ikkinchi jahon urushi fahriylari holidan xabar olish hamda ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida institut rektori boshchiligida “Jahon siyosati, tarix va falsafa” fakulteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillaridan iborat guruh ikkinchi jahon urushi fahriysi Kapitan Radjabov Mamadamin Kurbovich xonadoniga sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida Radjabov Mamadamin ota mehmonlar bilan dildan suhbat qurib, urush voqealari, janggohlarda ko‘rgan-kechirganlari, urush va urushdan keyingi yillarning azob-uqubati to‘g‘risida so‘zlab berdi. Hozirgi tinch-osoyishta va farovon hayotimizning qadriga yetish, tinchlikni asrab-avaylash hamda olib borilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shish kerakligida talaba-yoshlarga o‘zining dono maslahatlarini berdi.

Tashrif “Mahalla” telekanali orqali tasvirga olindi va televideniyada namoyish etilishi belgilandi.

photo_2018-05-06_22-08-44 photo_2018-05-06_22-08-46 photo_2018-05-06_22-08-52 photo_2018-05-06_22-08-54

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: