Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Abdulla Qahhor uy-muzeyiga tashrif

13.11.2018, 16:57 Yangiliklar 177

2018-yilning 12-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetining malay, hind, indonez, urdu tillari ta’lim yo’nalishlarining 1 hamda 4-kurs talabalari O’zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Adibning uy-muzeyi 4 ta zaldan iborat bo’lib, undagi eksponatlar buyuk yozuvchining shaxsiyati bilan yaqindan tanishish, Abdulla Qahhorning adabiy olamiga kirishga yordam beradi. Tashrif davomida muzey ilmiy hodimasi M.Shomansurova talabalarga muzey ekspozitsiya zallari va adib ekkan xurmo daraxti haqida so’zlab berdi.

O’zbek hikoyanavisligining eng yirik nomoyondalaridan sanaluvchi Abdulla Qahhorning uy-muzeyiga bo’lgan tashrif talabalarda katta taassurot qoldirib, adibning ilmiy-ijodiy merosiga bo’lgan qiziqishni yanada oshishiga zamin yaratdi.

photo_2018-11-13_11-01-27 photo_2018-11-13_11-01-31photo_2018-11-13_11-01-43photo_2018-11-13_11-01-51
photo_2018-11-13_11-01-57

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: