Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

AFG‘ONISTON DELEGATSIYASI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIDA

02.08.2018, 11:16 Yangiliklar 567

2018-yilning 31-iyul kuni, Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Afg‘on Islom Respublikasi Prezidentining fan masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi La’l Pocho Azmun boshchiligidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi. La’l Pocho Azmun janoblari hamda Kobul universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Muhammad Naim Azimidan iborat delegatsiya Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Mannonov Abdurahim Mutalovich bilan uchrashdilar. Uchrashuv boshida har ikki tomon vakillari hamkorlik uchun bir-biriga tashakkur izhor etgan holda, o‘zbek-afg‘on xalqari qadim zamonlardan buyon ahil qo‘shnichilikda, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar asosida yonma-yon yashab kelayotgan  xalqlar ekanligi e’tirof etildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy balki, fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Institut rektori prof. A.Mannonov mehmonlarga institut tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berdi. Institutda xorijiy tillarni, xususan pashtu va dariy tillarini o‘qitish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Delegatsiya rahbari La’al Pocho Azmun janoblari ham Afgo‘nistonda ta’lim jarayoni, oliy ta’lim uchun yaratilgan shart-sharoitlar, uni rivojlantirish masalalari haqida gapirib o‘tdi. Har ikki tomon o‘zaro hamkorlik qilish istagini bildirgan holda, kelajakda “Hamkorlik memorandumi”ni imzolash, Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga pashtu va dariy tillari bo‘yicha dars beruvchi afg‘onistonlik professor-o‘qituvchilarning tashrifini tashkillashtirish, magistrant va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Kobul universitetining o‘zaro hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Delegatsiya a’zolari, shuningdek, institutimizda dariy va pashtu tilidan dars berayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar, doktorantlar bilan ko‘rishib, ular bilan o‘zaro fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlik masalalarini yanada chuqurroq muhokama qilish maqsadida amaliy tadbirlar, konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.

photo_2018-08-02_11-15-42 photo_2018-08-02_11-15-44 photo_2018-08-02_11-15-45 photo_2018-08-02_11-15-48

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: