Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Afg’oniston Islom Respublikasidan ijodiy guruhning ToshDSHIga tashrifi

24.10.2019, 17:09 Yangiliklar 60

24-oktabr kuni ToshDSHIga O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkilotlari hamkorligida Afg’oniston Islom Respublikasi Balx viloyatidan Mujir Vahob boshchiligidagi yozuvchilar va shoirlardan iborat ijodiy guruh tashrif buyurdi. Tadbirni ToshDSHI O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor, f.f.n., dots. A.A.Vahidov kirish so’zi bilan ochib berdi va tashrif bilan samimiy qutladi. Tabrik so’zini O’zbekiston-Afg’oniston do’stlik jamiyati raisi, f.f.d., prof. A.A.Mannonov davom ettirdi. Jamiyat raisi o’z nutqida O’zbekiston va Afg’oniston respublikalari o’rtasidagi do’stlik munosabatlari davom etishi har ikkala mamlakat uchun manfaatli ekanligini, oxirgi yillarda Afg’oniston Prezidentining O’zbekistonga 4 marotaba tashrif buyurgani, davlatlarimiz o’rtasidagi, xususan, adabiyot va ilm-fan sohalaridagi do’stlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, hurmatli mehmonlarning bugungi tashrifi o’zbek tiliga davlat maqomi berilganining 30 yilligiga to’g’ri kelganining o’ziga xos ma’noga egaligini ta’kidladi. ToshDSHIda dariy, pashtu va fors tillarida dars berib kelayotgan professor-o’qituvchilarni tanishtirdi.

Afg’oniston Islom Respublikasidan kelgan adabiyot vakillari afg’on adabiyotining hozirgi holati, ijodiy ishlarning nashr masalalari bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar, dariy va o’zbek tillarining mushtarakligiga alohida urg’u berdilar. Mehmonlar o’z qalamlariga mansub dariy va o’zbek tillarida bitilgan ijod namunalari bilan tanishtirdilar. Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi talabalari ham o’zlari o’rganayotgan dariy va pashtu tillarida yodlagan she’rlarini mehmonlarga havola etdilar. Tadbir so’nggida mehmonlar bilan talabalar o’zaro dariy va pashtu tillarida savol-javob olib bordilar.

photo_2019-10-26_12-37-20 photo_2019-10-26_12-37-22

photo_2019-10-24_17-04-36 photo_2019-10-24_17-04-39 photo_2019-10-24_17-04-47 photo_2019-10-24_17-04-52 photo_2019-10-24_17-05-12 photo_2019-10-24_17-05-16 photo_2019-10-24_17-05-19 photo_2019-10-24_14-34-29 photo_2019-10-24_14-34-33 photo_2019-10-24_14-34-52 photo_2019-10-24_14-34-56

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: