Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Akademik bilan uchrashuv

22.02.2020, 15:38 Yangiliklar 32

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi bilan hamkorlikda Tarix fanlari doktori, professor, akademik Ahmadali Asqarov Askarovichning “O’zbek xalqining kelib chiqishi: muammolar va yechimlar” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi talabalarini qiziqtirgan savollarga javob berib o’tildi. Shuningdek, t.f.d., prof., akademik A.Asqarov o’zining ilmiy faoliyati haqida gapirib berib, talabalarga o’zbek xalqining o’tmishi va etnik tarixi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va muammolar yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.