Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya

09.01.2016, 13:16 Yangiliklar 544

O‘zR VMning 09.01.2016-yildagi “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi, Alisher Navoiy tavladduning 575 yilligi hamda O‘zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov tavalludining 100-yilligini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 7-sonli (07-07/1-655 11.01.2016) yig‘ilish bayoni, OO‘MTVning 27.01.2016-yildagi 37-sonli buyrug‘i, institut rektorining 28.01.2016-yildagi 35-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan O‘zFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda 2016-yil 7-aprel kuni “Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat” mavzuidagi ilmiy konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada bir qator tarixshunos, sharqshunos olimlar, institut professor-o‘qtituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Kirish so‘zini institut rektori A.Mannonov boshlab berar ekan Amir Temur va temuriylar davri tarixini o‘rganish dolzarb masalalardan ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Konferensiya davomida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev, t.f.d. M.Ishoqov, t.f.n. O.Bo‘riyev, f.f.d., professorlar A.Quronbekov, M.Imomnazarov, Q.Sodiqovlar, f.f.n. S.Olimov, Q.Omonovlar mavzuga mos ravishda ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Tadbir “Dunyo bo‘ylab” teleradiokanaliga yozib olindi, shuningdek, 2-kurs talabasi B.Shaymardonovdan intervyu olindi.

Sharq filologiyasi

fakuteti dekanati

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: