Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Apellyatsiya tartibi

Apellyatsiya shikoyatlarini ko’rish

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassalari bakalavriatiga 2015/2016-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari natijasi yuzasidan fuqorolar murojaatlari Davlat test markazida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2015-yil 19 avgustdagi 5-son bayoni bilan tasdiqlangan bo‘lib, respublika umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb hunar va oliy ta’lim muassalarida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali pedagog xodimlardan iborat.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish O‘zbekston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 8 iyul 2242-son bilan ro‘yhatdan o`tkazilgan (15.08.2014 yil 2242-1-son bilan o‘zgartirish kiritilgan) “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavraiatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM”ning III bobiga muvofiq abituriyent ishtirokida amalga oshirilmoqda.

 

 

19.11.2016, 14:50 851

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: