Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Axborot texnoloyilari markazi

photo_2017-12-15_19-05-40

 

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul maxsus tarkibiy bo‘linma Axborot texnologiyalari markazining namunaviy nizomi

  1. Umumiy qoidalar

 1.1. Ushbu Nizom Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Axborot-texnologiyalar markazi (ATM)ning maqsadi va vazifalari hamda bo‘linma boshlig‘ining huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.

1.2. Axborot texnologiyalari markazi Toshkent davlat sharqshunoslik institutining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul maxsus Axborot texnologiyalar markazi hisoblanadi.

1.3. Axborot texnologiyalar markazi Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarkibiga kiruvchi ma’muriy markaz hisoblanadi, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul ilmiy ishlar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi.

1.4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga oid O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, Hay’at qarorlari, topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi buyruqlari va topshiriqlariga, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori buyruklari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

1.5. Markaz o‘z faoliyatini Toshkent davlat sharqshunoslik institutining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

1.6. Markaz o‘z faoliyati bo‘yicha amalga oshiradigan chora tadbirlarini Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi bilan muvofiklashtiradi.

 

2. Axborot texnologiyalar markazining maqsadi

 

2.1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish.

2.2. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining ma’muriy boshqaruvi, ilmiy tadqiqot faoliyati va o‘quv jarayonini axborotlashtirish jarayonlardagi muammolarni hal etish;

2.3. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.

2.4. Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

 

  1. Axborot texnologiyalar markazining vazifalari

 Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

3.1. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tarmoq administrator- ligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, institut rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishligini ta’minlash.

3.2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ko‘p darajali telekommunikadion tarmoklari hamda texnik vositalarni xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritish.

3.3. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha Moodle masofaviy o‘qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jixatdan qo‘llab-kuvvatlash.

3.4. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibiy bo‘linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jixozlash, sotib olish buyicha takliflar kiritadi.

3.5 Toshkent davlat sharqshunoslik instituti texnik vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va sozlash, markazlashgan dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishini tashkil etish.

3.6. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.

3.7. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida axborot tizimlari va tarmok foydalanuvchilariga kirish huquqini belgilash.

3.8. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘lik tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.

3.9. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritish.

3.10. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida boshqarishni avtomatlashtirish buyicha maxalliy va chet el tajribalarini o‘rganib borish.

3.11. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi xolatda bo‘lishini nazorat qilish.

3.12. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida apparat va dasturiy ta’minot tizimlarini o‘rnatish, sozlash va boshqarish ishlarini olib borish.

3.13. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tashkil etiladigan tadbirlarni kompyuter texnikasi vositalari yordamida qullab-quvvatlash ishlarini tashkil etish.

 

  1. Axborot texnologiyalar markazi faoliyatini tashkillashtirish

 4.1. Axborot texnologiyalar markazi faoliyati muassasa Ustavi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektorining buyruqlari xamda mazkur Nizom asosida tashkil etiladi.

4.2. Markazning Nizomi, tuzilmasi va shtat jadvali Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori tomonidan tasdiklanadi.

4.3. Markaz xodimlarining xizmat vazifalari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori tomonidan tasdiklanadi.

 

  1. Axborot texnologiyalar markazini boshkarish

 5.1. Axborot texnologiyalar markazi tarkibi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti yunalishidan kelib chiqib shtat birliklariga bo‘linadi; bo‘linma boshlig‘i va bo‘lim xodimlaridan tashkil topadi.

5.2. Markaz faoliyati bo‘linma boshlig‘i tomonidan boshqariladi va xodimlar bevosita bo‘linma boshlig‘iga bo‘ysunadi.

5.3. Markaz boshlig‘i Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Vazirlik tizimida AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus bo‘linma) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi) bilan kelishilgan xolda lavozimga tayinlanadi.

5.4. Markaz rahbarligiga nomzodlar, O‘zbekiston Respublikasi fukarosi bulishi, oliy ma’lumotli bulishi, mutaxassislik bo‘yicha 3 yildan kam bulmagan ish stajiga ega bulishi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasidagi konun hujjatlari va normativ-me’yoriy hujjatlardan xabardor bo‘lishi kerak.

5.5. Markaz boshlig‘i o‘z faoliyatida bevosita oliy ta’lim muassasasining AKTni joriy etish va rivojlantirishga mas’ul prorektoriga buysunadi.

5.6. Markaz boshlig‘i bo‘linmaning tegishli ish hujjatlarini yuritishi, ish jarayonida zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlay olishi va dasturlashtirish tillari bo‘yicha boshlangich tajribaga ega bo‘lishi kerak.

 

  1. Axborot texnologiyalar markazi boshlig‘ining vazifalari

6.1. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul prorektori rahbarligida ishlaydi.

6.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul maxsus tarkibiy bo‘linmaning faoliyati bo‘yicha bo‘linma ishlariga va bo‘linma xodimlariga rahbarlik qiladi.

6.3. Markazning yillik ish rejasini tuzadi va institut rektoriga tasdiqlatadi.

6.4. Markazning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektoriga o‘rnatilgan tartibda hisobot topshiradi.

6.5. Rahbarlik qilayotgan bo‘linma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi.

6.6. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida AKTni joriy etilishi holati bo‘yicha tahliliy materiallar asosida jarayon samaradorligini oshirish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjatlar tayyorlashda ishtirok etadi.

6.7. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshka hujjatlari, Oliy ta’lim vazirligi buyruklari, Hay’at qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi buyruklari va tasarrufiga ko‘ra boshqa tashkilot topshiriqlariga, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti buyruqlari va ichki-tartib qoidalariga amal qiladi.

6.8. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni bilishi, bo‘linmaning maqsad va vazifalarini bilishi, boshqa bo‘linmalar bilan hujjat aylanish va axborot xizmati ko‘rsatish jarayonlarini bilishi, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va sotib olinadigan texnik vositalarni moliyalashtirishdan xabardor bo‘lishi hamda xodimlarining lavozim majburiyatlarini yaxshi bilishi zarur.

6.9. Axborot texnologiyalar markazining vazifalaridan kelib chiqib, bo‘linma ishlarini rejalashtirish va tashkil etish, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha istikbolli rejalar tuzish, oliy ta’lim muassasasining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish, bo‘lim xodimlarining malakasini oshirish, ijro intizomini nazorat qilish, bo‘linmada bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot ishlarini tayyorlashni tashkil etish ishlarini amalga oshiradi.

6.10. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti miqyosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tegishli muammo va masalalar kuriladigan yigilishlarda ishtirok etadi, muammolar yechimlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

6.11. Mehnat shartnomasida belgilangan burch va vazifalariga doir talablarni to‘liq bajaradi.

6.12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar, yuriqnomalarga amal qilishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olishi kerak.

6.13. Toshkent davlat sharqshunoslik institutida lokal tarmoq va tarmoq vositalarini axborot va texnik xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etadi.

6.14. Xodimlarning lavozim yuriqnomalarini ishlab chiqadi va kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni rahbariyatga takdim etadi.

6.15. O‘z vakolati doirasida bo‘linmaga zarur malakali xodimlarni tanlaydi va takliflarni rahbariyatga takdim etadi.

6.16. Axborot texnologiyalar markazi boshlig‘i konun hujjatlariga muvofiq boshka vakolatlarni amalga oshiradi.

6.17. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan va keyinchalik yuklatiladigan vazifalarning ijrosi uchun shaxsan javob beradi.

 

 

  1. Axborot texnologiyalar markazining tuzilmasi

Markaz institutning tarkibiy bo‘limi hisoblanib, quyidagi ikki bo‘limdan iborat:

Shtatlari Shtat birligi Razryad
Axborot va texnik ta’minot bo‘limi
1 Markaz boshlig‘i – bo‘lim boshlig‘i 1
2 Muhandis dasturchi (1,2 – toifa) 1
3 Muhandis elektronchi (1,2 – toifa) 1
4 Kompyuter zali mudiri 1 7
5 Texnik elektronchi 1 4
Jami 5  
O‘quv-ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tatbiq etish bo‘limi
1 Bo‘lim boshlig‘i 1 8
2 Tarmoq va ma’lumotlar banki ma’muri 1 7
3 Muhandis dasturchi (1,2 – toifa) 1
4 Tizim dasturchisi 1 7
5 Texnik 1 2
Jami 5  

 

  1. Markaz institutdan tashqari bajariladigan alohida buyurtma va shartnoma asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega:

8.1. Zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘rgatish.

8.2.Dasturiy qo‘llanmalar ishlab chiqarish va joriy etish, ularni qo‘llashda texnik xizmat ko‘rsatish.

8.3. Internet va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish.

8.4. Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish.

8.5. Sifatli kompyuter, tarmoq va telekommunikatsiya jixozlarini tanlash, zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash bo‘yicha maslahatlar berish.

8.6. Institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalarga kserokopiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Yuqoridagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va institut Nizomiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

 

  1. Markaz faoliyatining boshqaruvi va uning faoliyatini tashkillashtirish:

Markazni boshqarish Elektron ta’limni joriy etish markazi bilan kelishilgan holda institut rektorining buyrug‘iga ko‘ra tayinlangan Markaz boshlig‘i zimmasiga yuklatiladi.

  1. Axborot texnologiyalari markazi xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari

Axborot texnologiyalari markazi (ATM) boshlig‘i – axborot va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozim vazifalari:

  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
  • Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
  • Institutda kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
  • Institutda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • Institutning nusxa ko‘paytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turishni nazorat qilish;
  • Institutning masofaviy o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
  • Institutda lokal tarmog‘iga portal bo‘yicha jami ma’lumotlarni kiritish va tahlil etish.

 

Bilishi kerak:

  • Markaz faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Institutda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
4496 2 Axborot va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i 1229 B Oliy ma’lumot

 

Muhandis-dasturchi (toifasiz, 1,2-toifa) lavozim vazifalari:

  • Institutda elektron pochtasining normal ishlab turishini ta’minlash va elektron pochtaga kelib tushgan materiallarni o‘z vaqtida “kadrlar bo‘limi”ga taqdim etish;
  • Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va talabalarga internet tarmog‘idan zarur materiallarni olishda ko‘maklashish;
  • Institutdagi kompyuterlarni to‘liq ishlab turishni ta’minlash va ularni dasturiy ta’minotini yaxshilashga erishish;
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDShI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarini bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

 

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
2438 2 Muhandis-dasturchi 2132 M Oliy ma’lumot

 

Muhandis-elektronchi (toifasiz, 1,2-toifa) lavozim vazifalari:

  • Institutda kompyuter texnologiyalarining operasion sistemalari ishlashini nazorat qilib turish;
  • Institutning nusxa ko‘paytirish dastgohini ishlatish;
  • Institutda mavjud bo‘lgan kompyuter texnologiyalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, Institutda ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
2456 2 Muhandis-elektronchi 2144 M Oliy ma’lumot

Texnik-elektronchi lavozim vazifalari:

  • Institutdagi kompyuterlarning dasturiy ta’minot to‘g‘ri ishlab turishini ta’minlash va ularni yangilab borish;
  • Institutda kafedra va bo‘limlaridagi kompyuterlarga tarjimon dasturlar, dasturlash tillari va tanib oluvchi dasturlarni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish;
  • Institutdagi kompyuterlarning texnik holatini nazorat qilib borish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDShI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
7137 2 Texnik-elektronchi 3114 T Oliy ma’lumot

 

Kompyuter zali mudiri lavozim vazifalari:

  • Institutdagi mavjud kompyuter zallari (sinflari) ishchi holatini tekshirish va nazorat qilib borish;
  • Kompyuter zallari (sinflari)dagi qo‘shimcha qurilmalarning to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qilish;
  • Kompyuter zallari (sinflari) bo‘yicha kafedralar va bo‘limlarda mas’ul etib tayinlangan xodimlar bilan doimiy ravishda kompyuter zallari (sinflari)ni ishlatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, institut ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi zarur;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
1750 2 Kompyuter zali mudiri 1228 B Oliy ma’lumot

 

Tizimli dasturlovchi lavozim vazifalari:

  • Institutning turli faoliyatida qo‘llaniladigan texnika vositalarini tahlil qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • Yangi kelgan vositalarni (kompyuter texnikasi, tashkiliy texnika, audio va video apparatlar) olib kelish, o‘rnatish va sinovdan o‘tkazishda qatnashish;
  • Hisoblash, audio va videotexnika, laboratoriya uskunalarini texnik ekspertizasini o‘tkazish;
  • Texnik vositalardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Profilaktika qilingan va ta’mirlangan texnika vositalarining hisobini olib borish va maxsus daftarga qayd etish;
  • Ta’mirlash va profilaktika qilishga sarflangan materiallar va ehtiyot qismlarning hisobini olib borish;
  • Yosh mutaxassislarni texnik vositalardan foydalanishga o‘rgatish.

 

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDShI ichki tartib-qoidalarini me’yoriy hujjatlarni bilishi.

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
5820 2 Tizimli dasturlovchi 2131 M O‘rta maxsus

 

Tarmoq va ma’lumotlar banki ma’muri lavozim vazifalari:

  • Institutda lokal va korporativ tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • Institutning barcha bo‘limlarida Internet tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • Kompyuter o‘quv sinflarida reja asosida darslar jadvali bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;
  • Internet sinflarini doimiy ravishda ishlashini ta’minlash;
  • Institutda iste’molchilar Internet tarmog‘idan olinayotgan axborotlar hajmini hisobini olib borish va ma’lumotlarni rahbariyatga doimiy ravishda taqdim etish;
  • Professor-o‘qituvchi, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va talabalarni internet va milliy ilmiy-ta’lim tarmoqlaridan foydalanishini ta’minlash;
  • Ma’muriyat qonun — qoidalarini va talablarini bajarmagan foydalanuvchilarga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDShI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

                 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
5818 2 Tarmoq va ma’lumotlar banki ma’muri 2132 M O‘rta maxsus

 

Texnik lavozim vazifalari:

  • Jadval bo‘yicha kompyuter o‘quv sinflardagi va OTMsi tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika qilish, reja-ogohlantirish ishlarini olib borish;
  • Tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlash;
  • Texnika vositalar (kompyuter, tashkiliy texnika audio-videotexnika) uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash;
  • Texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish;
  • Texnika vositalar barcha qurilmalarini uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish;
  • Bajarilgan profilaktika, ta’mirlash ishlari bo‘yicha hisobotni olib borish va maxsus daftarga qayd etish.

 

Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, TDShI ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi;

 

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  • O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi zarur.

 

Klassifikator bo‘yicha:

Kasb, lavozim kodi Lavozim nomi KKMS Xodimlar kategoriyasi Xodimning ma’lumoti talablari
7042 2 Texnik 3115 T O‘rta maxsus

 

15.12.2017, 19:50 1163

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: