Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Bayroq millat g‘ururi”

17.11.2017, 20:35 Yangiliklar 853

Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirokida “Bayroq millat g‘ururi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institutning  “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar doktori professor Ulug‘bek Yusupovich Idirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan barcha yig‘ilganlarni muborakbod etib, mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘ini qabul qilinishi, uning aziz mukarram ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari qonuni mazmun mohiyati bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.

Shuningdek, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti  2 kurs magistranti Javohir Arslonov so‘zga chiqib bayrog‘imizning naqadar go‘zal ekanligi, unga doimo ehtirom, sadoqat ruhida bo‘lish har bir talabaning burchi ekanligi haqida fikr bildirib, barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilingan kuni bilan tabrikladi.

Tadbirda institut talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va she’rlar ijro etildi.

Institutda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilingan kuni munosabati bilan kafedralar kesimida tadbirlar davom etmoqda.

flag001

flag003

flag004

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: