Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Birinchi kurs maktabi

Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrugi bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi togrisida NIZOM»ga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi

 

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining
ODOB-AXLOQ QOIDALARI
Mazkur odob-axloq qoidalari institut “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi va takliflari asosida ToshDShI Ilmiy Kengashining 2011 yil 25 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan.

 

“Faqatgina chinakam ma’rifatli odam in¬son qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod ja¬miyat¬da yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egal¬lashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.

 

I.A. KARIMOV

 

HURMATLI SHARQSHUNOS!
Siz o‘z oldingizga sharqshunoslik ilmini egallashdek oliy maq¬sad quygansiz. Bu maqsad yo‘lida Sizdan:
– Dunyo talablariga javob bera oladigan, xorijiy Sharq va G‘arb mamlakatlari tillarini mukammal bilish bilan bir qatorda Yaqin, O‘rta va Uzoq Sharq hamda Janubiy va Markaziy Osiyo mam¬lakatlari madaniyati, tarixi, falsafasi, iqtisodi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, xalqaro siyosati hamda chuqur bilimlarga ega bo‘l¬gan yuksak maqsadlarni qalbiga jo qilgan vatanparvar zamonaviy sharqshunos bo‘lishingiz;
– Umumbashariy va milliy qadriyatlarga, an’analarga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lib, ijtimoiy va madaniy farqlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilishingiz;
– Intellektual va umummadaniy darajani mukammallashtirish va o‘z shaxsini ma’naviy va jismoniy takomillashishga erishish uchun mehnat qilishingiz;
– Axloqiy va huquqiy me’yorlar va majburiyatlarni hisobga olgan holda maqsadga erishishga qat’iyatlikni ko‘rsata bilishingiz;
– Keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarini mukammal bil-gan, xorijiy mamlakatlarda, xususan, xorijiy Sharq mamlakat¬larida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’daniy va tarixiy jarayonlar bilan shug‘ullana oladigan, ilmiy salohiyati yuqori mutaxassis bo‘lishingiz talab etiladi.
– Tanlagan sohaga oid fan va texnika yutuqlarining eng so‘nggi namunalarini mukammal egallashingiz, global kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlarni tahlil qila olishingiz, bunda o‘zingizning insoniy, vatanparvar pozisiyangizni aniq namoyon qilishga tayyor tura olishingiz;
– Jamiyatda va jamoada, ijtimoiy va xususiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning mazmun-mohiyatini to‘laqonli anglash, tushunish, tahlil qilish va ularga o‘zingizning shaxsiy munosabatingizni bildira olishingiz;
– Jamoa a’zosi sifatida amal qilishingiz lozim bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga hurmat bilan qarash va oldingizga qo‘ygan oliy maqsadga erishishda qat’iyatli bo‘lishingiz, jamoa manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yishingiz, ezgulik, yaxshilik va sahovat hayotiy qadriyatingizga aylana olishiga erishishingiz talab etiladi.

1-BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining (bundan buyon matnda ToshDShI deb yuritiladi) odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublika¬sining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘ri¬sida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va “Axborot erkinligi prinsiplari va kafo¬latlari to‘g‘risida”gi qonunlar, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” davlat dasturlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, ToshDShIning Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar asosi¬da ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 27 iyulda bo‘lib o‘tgan Hay’at qarori bilan mazkur qoidalarni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
1.2. Mazkur Qoidalarni shakllantirishda O‘zbekiston Respubli¬kasi ta’limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’min¬lash¬ga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’¬ri¬fiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ish¬lab chi¬qish va joriy etishga qaratilganligi sababli ToshDShI¬ning asosiy vazifasi ta’lim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazar¬da tutilgan.
1.3. “Qoidalar” ToshDShIning ma’muriyati, professor-o‘qituv¬chi¬lari, xodimlari va talabalari (jamoa a’zolari)ning ToshDShIga oid o‘zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etish¬lari shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalari va huquq-majburiyatlarini belgi¬lab beradi.
TDShI jamoat birlashmalari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbir¬korlik sub’ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda tala¬ba¬lar bilan o‘zaro munosabatlarda ushbu Qoidalarga rioya etishdan manfaatdordir.
1.4. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olib imzo qo‘yishi shart.
1.5. ToshDShI jamoat, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy axborot vo¬sitalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o‘zaro munosabat¬lar¬da “Qoidalar”dagi normalarga rioya etilishidan manfaat¬dordir.
1.6. “Qoidalar”ga rioya qilish ToshDShI jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiydir.

2-BO‘LIM. MAQSAD VA VAZIFALAR
2.1. “Qoidalar”ning maqsadi ToshDShI da sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talab¬larga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘makla¬shish, ToshDShIning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.
2.2. “Qoidalar”ning asosiy vazifalari:
– yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tash¬qi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashab¬buskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlashga;
– ToshDShI jamoa a’zolarining mafkuraviy immunitetini shakl-lantirish, saqlash va himoya qilishga;
– yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravon¬lik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sir¬lardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashishdan iborat.

3-BO‘LIM. JAMOA A’ZOLARINING ODOB-AXLOQIGA OID UMUMIY QOIDALAR

3.1. ToshDShIda hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-bi¬riga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘za¬ro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3.2. ToshDShIda o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lo¬zim, jumladan jamoa a’zosining so‘z erkinligi unga birovga tuhmat yoki haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etil¬gan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifoda¬lanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida ToshDShIga kelish, va ToshDShIda tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kiyinish huquqini bermaydi.
3.3. Jamoa a’zolarining ToshDShIga diqqatni torta¬digan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari ToshDShIga oras¬ta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.
3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi, xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida o‘zaro munosabatlarda bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi, institutda faqat o‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
3.5. ToshDShI jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so‘zga chi¬quv¬chilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, osoyishtalik va tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o‘z so‘zini tugatib, boshqasi so‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqti¬da zaldan chiqib ketish mumkin.
3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, tala¬balar professor-o‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim.
3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o‘z shax¬sini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda ko‘rsatishi shart.
3.8. Jamoa a’zolari ToshDShI hududida yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bun¬da: talabalar professor-o‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xo¬tin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina unga javoban qo‘l uzatish mumkin.
3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ToshDShIning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foyda¬lanish taqiqlanadi.
3.10. Kompyuterlarda ToshDShIga tegishli bo‘lmagan ma’lumot¬larni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lu¬motlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash,saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
3.11. O‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyom¬nik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalari¬dan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
3.12. ToshDShI jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga bel-gilangan kun tartibiga ko‘ra o‘z vaqtida kelishlari shart.
3.13. ToshDShIda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiq¬lanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqorolik muomalasidan chiqaril¬gan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, mai¬shiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakalchi¬likka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qat’iyan man etiladi.

4-BO‘LIM. PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA TALABALARNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARI

4.1. Professor-o‘qituvchilar va talabalarning ta’lim-tarbiya ja-rayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy an’ana¬lariga asoslanishi lozim.
4.2. Professor-o‘qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra va faqat o‘qituvchining ruxsati bilan o‘z joylarini egallashlari lozim.
4.3. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foy¬dalanish barcha uchun qat’iyan taqiqlanadi.
4.4. Talaba o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotla¬riga xalaqit bersa, professor-o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlatishi mumkin.
4.5. Talabada professor-o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya’ni:
-professor-o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mash-g‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazora¬tini topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ullanishini;
-o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan professor-o‘qituvchining lavozi¬mi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o‘qituvchi¬ning huzuriga kelsa, umumiy yoki o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor-o‘qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.
4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o‘qituvchini almashti¬rish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo‘pollik, ta’magirlik, professor-o‘qituvchining aybi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilishidagi muntazam uzilish hollari¬ni isbotlovchi dalillar) ko‘rsatilishi va u bo‘yicha guruhning yagona fikri mavjud bo‘lishi shart.
4.8. Professor-o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida reyting nazora¬tini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba rey¬ting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo‘lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudi¬rining taq¬dimnomasiga binoan fakultet dekani tomonidan hal etiladi.

5-BO‘LIM. PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI

5.1. Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
5.2. Professor-o‘qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qim¬matiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing inte¬lektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetka¬zish qat’iyan man etiladi.

6-BO‘LIM. TALABALARNING O‘ZARO MUNOSABATLARI

6.1. Talabalarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
6.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmat¬siz¬lik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing intelektual mulkini o‘z¬lash¬tirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zga¬lar¬ga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.

7-BO‘LIM. PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING ODOB-AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI

– odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo‘lish;
– ToshDShI manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyish;
– biror – bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;
– ToshDShI sha’ni va nufuziga dog‘ tushiradigan har qanday ho¬lat-larning oldini olish;
– ToshDShI to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foyda¬lanmaslik;
– dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy an’ana¬larimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ‘ib qilish;
– yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sir¬lardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
– ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.
– turli millatlarga mansub bo‘lgan hamkasblari va talabalari bilan o‘zaro munosabatda bag‘rikenglik, hushmuomilalik va o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qilish.

8-BO‘LIM. TALABALARNING ODOB-AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI

a) ToshDShI hududida:
-hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;
-hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylarda¬gi urnalarga tashlash;
-ustozlar va boshqa o‘zlaridan kattalar bilan duch kelganda salom berish;
-o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
-ToshDShI mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
-kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;
-mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmas¬lik;
-ToshDShI hududida tinchlikka rioya qilish;
-binodagi liftlardan foydalanayotganda avval nogironlar, keksalar, xomiladorlar va ustoz-murabbiylarga navbat berish;
-narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulot¬lar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O‘zbe¬kiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida xabar bermaslik javob¬garlikka sabab bo‘lishi alohida qayd etiladi.
-turli millatlarga mansub bo‘lgan ustozlar va murrabbiylari, instiutning barcha hodimlari hamda barcha talabalar bilan o‘zaro munosabatda bag‘rikenglik, hushmuomilalik va o‘zaro hurmat tamo¬yil¬lariga amal qilish.
b) auditoriyada:
-uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;
-dars vaqtida gaplashmaslik;
-jihozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik;
-qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
-ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
-darsdan so‘ng auditoriyani tozalab chiqib ketishlik (doskalarni artib, keraksiz qog‘oz chiqindilardan tozalash)
v) umumiy ovqatlanish joylarida:
-taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
-tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;
-ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
-umumiy ovqatlanish shahobchasida belgilangan tartib-qoidalar¬ga rioya qilish.
-ustozlarga ajratilgan maxsus ovqatlanish joylarni band qilmaslik
g) axborot resurs markazida:
-ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish;
-Faqat bilim olish, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun tashrif buyurish;
-kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
-baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
-qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
-kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
d) talabalar turar joylarida:
-mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
-elektr-energiyasi va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
-sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
-talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qat’i rioya qilish.
ye) sport majmualarida:
-sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
-sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
-mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
-sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.
j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida:
– o‘rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
– ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
– uxlab o‘tirmaslik, o‘rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik.
Shuningdek,
– turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan ToshDShI haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
– doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
– ToshDShI manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyar¬lik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.

9-BO‘LIM. PROFESSOR-O‘QITUVCHI VA TALABALAR ODOB-AXLOQIDA MA’N ETILADIGAN HOLATLAR

Professor-o‘qituvchiga:
– jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish, o‘zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
– jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig‘vo, g‘iybat va bo‘h¬tonlar uyushtirish;
– talabalar bilan o‘z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
– talabalarni asossiz o‘quv mashg‘ulotlardan chiqarib yuborish;
– o‘quv mashg‘ulotlarida tijorat reklamasi o‘tkazish;
– o‘quv mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
– o‘quv mashg‘ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
– binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi.
– talabalarga shaxsiy namuna sifatida professor-o‘qituvchi¬lar¬dan kiyinish madaniyatiga rioya qilish talab etiladi.
Talabaga:
– professor-o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mashg‘ulotlar vaqti¬da asossiz gapirish;
– professor-o‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;
– yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professor-o‘qituvchilarni chalg‘i-tish bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlar qilish;
– xodimlar va o‘z o‘rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;
– yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish;
– boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
– mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish yoki kechikib kelish;
– mashg‘ulotlar vaqtida professor-o‘qituvchining ruxsatisiz audi¬to-riyadan chiqib ketish;
– boshqa talabaning sa’y-harakatlariga qasddan ziyon yetkazish;
– moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z-ko‘z qilish qat’iyan man etiladi.
– institut hududida shaxsiy avtoulovni o‘rnatilgan qoidalarni buzgan holda qoldirish;
– institut hududida spirtli ichimliklar ichish va chekish, nar¬kotik vositalar yoki psixotrop moddalar iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.

10-BO‘LIM. MA’MURIYAT, PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA XODIMLAR O‘RTASIDAGI ODOB-AXLOQQA OID MUNOSABATLAR

10.1. Ma’muriyat, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasi¬dagi munosabatlar, o‘zaro hurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bag‘ri¬keng¬lik, insonparvarlik, g‘amho‘rlik va adolat tamoillariga asoslanadi.
10.2. Ma’muriyat, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishida bir taraf¬ning boshqa tarafga tazyiq o‘tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoillariga va OTM manfaatlariga zid bo‘lgan qarorlar tayyorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
10.3. Lavozim darajalari teng bo‘lgan xodimlar o‘rtasidagi mu¬am-molarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim daraja¬lari teng bo‘lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o‘z vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.
10.4. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoili asosida tashkil etiladi.
10.5. Professor-o‘qituvchi va xodimning ToshDShIda ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tashabbus va g‘oyalari rag‘batlantiriladi.
10.6. Ma’muriyat professor-o‘qituvchilar va xodimlarning kas¬biy va intelektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘idan, kutubxona fon¬di va axborot resurslaridan erkin foydalanish shuningdek hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.
11-BO‘LIM. RAG‘BATLANTIRISH VA CHORA KO‘RISH TARTIBI
11.1. O‘quv yili davomida “Qoidalar”ga to‘la rioya qilgan, ToshDShIda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topi¬shiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakul¬tet dekanlari, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari tavsiyasiga binoan ToshDShI ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantiriladi.
11.2. Jamoa a’zolari ushbu “Qoidalar”ni buzganida, ToshDShI ichki tartib qoidalarining “Intizomiy ta’sir choralari” bo‘limida keltirilgan holatlar bo‘yicha, sababsiz dars qoldirgan talabalarga 12-bandida belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazo¬ratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari ToshDShIdagi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, “Kamo¬lot” YoIH, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhoka¬ma qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a’zosining hulq-atvori to‘g‘risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’¬lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

12-BO‘LIM. XOTIMA QOIDALAR

12.1. Mazkur odob-axloq qoidalari institut “Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi va takliflari asosida ToshDShI Ilmiy Kengashining 2011 yil 25 avgust¬dagi 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan.
12.2. Talabalikka yoki ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o‘z zimmasiga olib imzo qo‘yishi shart.

 

18.11.2016, 14:50 935

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: