Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

BITIRUVCHILAR YARMARKASI

04.03.2017, 16:30 Yangiliklar 615

2017-yil 3-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 2016–2017 o‘quv yilida bakalavriat hamda magistratura ta’lim yo‘nalishini bitiruvchi talabalari uchun  “Bitiruvchilar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov kirish so‘zi bilan boshlar ekan, eng avvalo bugun tashrif buyurgan korxona va tashkilot vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Hozirgi kunda institut bitiruvchilari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Savdo sanoat palatasi, Markaziy Bank, 4 ta partiyalarda hamda “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Ipak Yo‘li”, “Ipoteka-bank”, “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Xalq Banki”, “KDB Bank O‘zbekiston”, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimiyatlarida, shuningdek, davlat, nodavlat tashkilotlarda, xususiy sektorning barcha jabhalarida samarali faoliyat olib borayotganliklarini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng institut o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori N.Abdullayev institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari haqida hamda 2016–2017 o‘quv yilida institutni jami 551 nafar sharqshunos-kadrlar tamomlashi, bulardan: bakalavriatni 434 nafar va magistraturani 117 nafar talaba filologiya, tarix, jahon siyosati, iqtisod va falsafa mutaxassisliklarini tamomlashi to‘g`risida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng yarmarka o‘z ish faoliyatini boshladi. Yarmarkada mamlakatimizning yuqori tashkilotlari bilan birga ko‘zga ko‘ringan 30 dan ortiq korxona va tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. “Bitiruvchilar yarmarkasi” – “Real ish beruvchi-real ish joylari” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

photo_2017-03-04_16-31-50 photo_2017-03-04_16-31-56 photo_2017-03-04_16-32-05 photo_2017-03-04_16-32-09

Institut marketing bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: