Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!”

12.04.2018, 21:25 Yangiliklar 381

Joriy yilning 12-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Madaniyat saroyi”da manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy va  o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Norim Raxmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Daminov Bahodir, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latovlar mehmon sifatida qatnashdilar.

Tadbir boshida talaba-yoshlarga “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi. So‘ng  tadbirni institut prorektori Sh.Aripov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Daminov Bahodir so‘zga chiqib bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, Yaqin sharq va arab davlatlarida ro‘y berayotgan hodisalar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqorolar urushidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib, mazkur davlatlarni o‘zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg‘ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o‘tdi.

So‘ng so‘zni O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latovga berildi. U o‘z ma’ruzasida talaba-yoshlarni ogohlikga chaqirdi va ko‘plab kitob mutolaa qilish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. U vatanimizni tinchligi yo‘lida jon bergan ko‘plab vatandoshlarimizni ham yod etdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar oldilar.

mm-003 mm-006 mm-007 mm-008 mm-001 mm-002

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: