Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Biz sizlar bilan faxrlanamiz!

21.08.2016, 13:00 Yangiliklar 668

Bugun tarixga aylangan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI-yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.Kuni-kecha Toshkent aeroportida ushbu nufuzli musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va ishtirokchilari tantanali kutib olish tantanasi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston xalq artistlari E.Komilov, O.Nazarbekov, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, taekvondo bo‘yicha jahon chempioni D.Xoljigitova, Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatovning onasi D.Hayitboyevalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng sharoitlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston sport olamida yangi sahifa ochgan olimpiadachilarimizni ushbu yuksak g‘alabalar bilan tabrikladi. O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid olimpiadachilarimiz g‘alabasiga bag‘ishlangan she’rini o‘qidi. Mutlaqo yangicha asosda bunyod etilgan ta’lim-tarbiya, sport va madaniyat maskanlarida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, O‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘z kuch-quvvati, o‘z aql-zakovati bilan quradigan yosh avlod kamol topmoqda. Ular nufuzli xalqaro musobaqalarda, olimpiada va jahon chempionatlarida hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo‘lmasligini amalda isbotlayotgani barchamizni quvontiradi.Ushbu tantanali marosimda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari,xodimlari va talaba-yoshlari institut rektori boshchiligida bevosita ishtirok etdilar.

Qiziqarli ma’lumot :
O‘zbekistonlik sportchilar 1996 yili Atlantada o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida bitta kumush va bronza medali sohibi bo‘lgan edilar, 2000 yil Sidney shahri mezbonlik qilgan bahslarda sportchilarimiz bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza, Afinada 2004-yili o‘tkazilgan bellashuvlarda sportchilarimizdan ikki nafari shohsupaning birinchi, yana shunchasi uchinchi va bir nafari ikkinchi pog‘onasini band etgan bo‘lsa, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida ular 6 medalni qo‘lga kiritgan: 1 oltin, 2 kumush, 3 bronza. Olimpiyachilarimiz 2012-yili Londondan bitta oltin, ikkita bronza bilan qaytib kelgan. “Rio – 2016”da yurtdoshlarimizning 4 oltin, 2 kumush, 7 bronzani qo‘lga kiritgani Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik shukuhi bilan yashayotgan xalqimizga munosib sovg‘a bo‘ldi.

TDSHI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: