Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Boltiq Xalqaro Akademiyasi professoridan seminar darslari

25.10.2018, 17:40 Yangiliklar 503

Bugungi  kunda institutimizning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada rivojlantirish, xorijiy universitetlar professor-o’qituvchilarining seminar va mahorat darslarini tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

2018-yilning 25-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Latviyaning Boltiq Xalqaro Akademiyasi ilmiy ishlar bo’yicha prorektori,  iqtisod fanlari doktori, professor Inna Stetsenko Petrovnaning “Xalqaro savdo” bo’yicha seminar kurs darslari boshlandi. Seminarda institutning professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilari va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishdi. Kursning 1-mavzusi “Xalqaro savdoga kirish: xalqaro savdoning obyekti va metodlari”  bo’lib, unda professor xalqaro savdoning mohiyati va subyektlari, xalqaro va tashqi savdoning rivojlanish ko’rsatkichlari, xalqaro savdo siyosati, globalizatsiya masalalariga to’xtalib o’tdi.

O’z ichiga “Xalqaro savdoga kirish”, “Tashqi savdoning neoklassik mazariyalari va ularning kamchiliklari”, “Savdoni xalqaro tartibga solish”, “Xalqaro savdо va globalizatsiya jarayonlari”, “Xalqaro valyuta bozori”, “Ilmiy-texnik taraqqiyot va tashqi savdo”, “Xalqaro savdoda elektron biznes”, “Xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirish” kabi 9 ta mavzuni qamrab oluvchi “Xalqaro savdo” kursi 25.10.2018-03.11.2018 kunlari dushanbadan shanbaga qadar 10.00 va 12.00 da olib boriladi.

Institutimizning Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi ta’lim yo’nalishi talabalari va professor-o’qituvchilarni ushbu kursga taklif etamiz.

photo_2018-10-25_10-27-16 photo_2018-10-25_10-27-50

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: