Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Buyuk siymolar merosini o‘rganish va kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha davra suhbati

28.02.2018, 09:42 Yangiliklar 899

Ona yurtimiz O‘zbekiston – buyuk allomalar yurtidir. Zaminimizda tug‘ilib, kamol topgan mutafakkirlarning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi necha asrlarki e’tirof etilib, chuqur tadqiq etilmoqda. Shuningdek, institutmizda ham ular merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy-amaliy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Shulardan navbatdagisi 2018-yil 27-fevral kuni “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Talabalar turar joyida “Buyuk mutafakkirlarimiz ijodini o‘rganish hamda kitob mutolasi va kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha davra suhbati” tashkil qilindi. Ushbu tadbirda kafedra mudiri dotsent R.Alimova, tarix fanlari doktori, professor M.Isxoqov va professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Davra suhbatida talaba-yoshlarga ajdodlarimiz ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha tayyorlangan taqdimot ishi namoyish etildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qildilar va batafsil javoblar oldilar.

Darhaqiqat, bunday tadbirlarni mutazam ravishda olib borish talaba-yoshlarda ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, ezgu ishlarini davom ettirish mas’uliyatini ham orttiradi.

photo_2018-03-01_17-13-03 photo_2018-03-01_17-13-07

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: