Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Chempionlar bilan uchrashuv

17.06.2019, 16:43 Yangiliklar 267

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbus bo‘yicha joriy yilning 13-iyun kuni ToshDSHI talabalar turar joyida Og‘ir atletika bo‘yicha jaxon chempionlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi a’zosi, Osiyo davlatlararo og‘ir atletika federatsiyasi vitse prezidenti, O‘zbukiston Respublikasi og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Shaxrullo  Maxmudov, murabbiy Farxodjon Mirzajanov, Og‘ir atletika bo‘yicha jaxon chempioni, 3 oltin medal soxibi Akbar  Jo‘raev va Og‘ir atletika bo‘yicha jaxon chempioni, 3 oltin medal soxibi Adxamjon Ergashev va institut professor o‘qituvchilari xamda talabalar ishtirok etdilar. Suhbat davomida talabalar o’zlari qiziqqan savollarni berib, sportchilarga ulkan zafarlar tiladilar. Shu bilan birga sportchilar ham institut rahbariyatiga hamda talabalarga mehmondo’stlik va iliq suxbat uchun minnatdorlik bildirdilar. Ushbu uchrashuv O’zbekiston ommaviy axborot vositalari tomonidan ham yoritildi. Xususan, “Sport” teleradio kanali tomonidan maxsus reportaj tayyorlandi.

photo_2019-06-15_14-42-54 12345 Безымянный 1

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: