Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Davlat ramzlari-yoshlar g’ururi” mavzusidagi bayramona konsert dasturi

20.11.2018, 12:31 Yangiliklar 564

O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’ining qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan 2018-yilning 19-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan Toshkent shahar yoshlar markazida “Davlat ramzlari-yoshlar g’ururi” shiori ostida bayramona konsert dasturi o’tkazildi.

photo_2018-11-20_12-19-24 photo_2018-11-20_12-19-28 photo_2018-11-20_12-19-32 photo_2018-11-20_12-19-35photo_2018-11-20_12-19-39 photo_2018-11-20_12-19-42

Tadbirni institut rektori, professor A.Mannonov kirish so’zi bilan ochib berdi. Songra 2017-2018-o’quv yilida katta yutuqlarga erishgan o’qituvchi va talabalar rektor tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari e’tiboriga institutimiz haqida tasvirga olingan 5 daqiqalik video rolik premyera sifatida taqdim etildi.

Konsert dasturi vatanni madh etuvchi bayramona kuy va qo’shiqlar, o’zbek  va turli xalqlarning milliy raqslariga boy bo’ldi. Konsertda TDSHI talabalari bilan bir qatorda Milliy gvardiya qoshidagi akademik litsey o’quvchilaridan tuzilgan orkestr jamoasi, “Anor” bolalar ansambli, o’zbek estradasi vakillari (Shahboz va Navruz, G’aybulla Tursunov), O’zbekiston Respublikasi davlat konservatoriyasi talabalari, illuzionist Dmitriy Polyakov ham ishtirok etdi.

photo_2018-11-20_12-19-45 photo_2018-11-20_12-19-48 photo_2018-11-20_12-19-54 photo_2018-11-20_12-20-03

Konsertda ishtirok etganlar uchun tashkilotchilar va homiylar tomonidan maxsus sovg’alar ham tayyorlanib, baxtli raqam egalari Asia Cinema kinoteatriga 2 kishilik chiptalarni yutib olishdi.

Konsert dasturi institutimiz talabalari tomonidan kuylangan “Sharqshunoslar” qo’shigi bilan o’z nihoyasiga yetdi. Millatimiz g’ururi, mustaqil O’zbekistonimizning bayrogi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi ko’tarinki ruhda o’tdi.

photo_2018-11-20_12-20-13photo_2018-11-20_12-20-09

photo_2018-11-20_12-20-162cbda5c25b59acfa5d56a

Tadbirdan olingan videolar bilan institutimizning Telegramdagi rasmiy kanalida tanishishingiz mumkin.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: