Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“DefitSet” loyihasi “Start-ap tashabbuslari” tanlovining keyingi bosqichiga yo’l oldi

14.11.2018, 14:18 Yangiliklar 759

2018-yilning 13-noyabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi Elchoxonasi, UNDP Uzbekistan va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Start-ap tashabbuslari” yoshlar inovatsion loyihalarini qo’llab quvvatlash dasturining 3-sikli start oldi va loyihalarni saralash bosqichi o’tkazildi. Ushbu bosqichda institutimizning tashabbuskor birinchi kurs talabalari ham o’zlarining “DefitSet” loyihasi bilan ishtirok etdib, keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

IMG_20181114_141229_099

Tanlovga umumiy hisobda  550 ga yaqin loyihalar taqdim etilgan bo’lib, ular orasidan tanlab olingan 32 loyiha keyingi bosqichga o’tdi. Tanlab olingan ishtirokchilar bu bosqichda start-aplarni rivojlantirish va samarali tashkil etishga qaratilgan 5 kunlik seminar-treninglarda qatnashadilar. Treninglarni katta tajribaga ega bo’lgan O’zbekistonlik va xorijlik mutaxassislar, biznes farishlari, mentorlar olib boradilar.

IMG_20181114_141203_120

“DefitSet” loyihasi jamoasi a’zolari:
– Fayziyev Bobomurod, g’oya muallifi, loyiha rahbari.
– Odilbekov Abrorbek, IT mutaxassis.

Loyiha haqida ko’proq ma’lumot olish uchun: http://tashgiv.uz/defitset-start-up-loyihasi/

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: