Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Diniy ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir

02.12.2017, 18:37 Yangiliklar 985

2017-yil 1-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Sharq filologiyasi fakultetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokidagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda TDSHI ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori Sh.Aripov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Shabanov, Mirobod tumani “Qo‘yliq ota” jome masjidi imom xatibi Ravshanbek Raimkulov, Sharq filologisi fakulteti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan muovini N.Raxmatullaev, Turkiy tillar kafedrasi mudiri O‘.Lafasov, murabbiylar, fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi J.Ahmedov va fakultet talabalari qatnashdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqandar hozirgi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan mudhish jarayonlar, xususan, Suriya va Iroqda bo‘layotgan qonli urushlar uning oqibatida minglab begunox aholi vafot etmoqda eng achinarlisi shundaki ular orasida yosh bolalar ham bor. Shunday voqealar bizning ham yurtimizda sodir bo‘lmasligi uchun siz-u bizdan doim ogohlik va sergaklik talab etiladi. Bundan tashqari bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari muhim o‘rin tutmoqda. OAVdagi chiqishlar, istitut, fakultet va akademik guruhlar miqyosida talaba-yoshlar ishtirokida suhbat va uchrashuvlar, “Diniy ekstremizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida yig‘ilishlar, bu borada yaratilgan filmlar va videoroliklar namoyishlari, profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotganligini ta’kidladilar.

Shuningdek, terrorrizm va diniy ekstremizm Respublikadagi vaziyatni sodda xalqni avrash va chalg‘itish orqali millatlararo mojarolarni sun’iy ravishda vujudga keltirish, separatistik mazmundagi g‘oyalarni tarqatish hamda yurtimizda istiqomat qiluvchi turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlikka rahna solish yo‘li bilan mamlakatimizdagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinish O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavsizligiga tahdid soluvchi potensial va real manbalardan biri ekanligini ta’kidladilar. Xalqaro terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushtirilgan jinoyatchilik va boshqa milliy mintaqaviy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarga qarshi  kurash sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha mavjud katta imkoniyatlar hali to‘la ishga solinmaganligini aytib o‘tdilar. Jamiyatimizdagi muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida fuqarolarning mehnat qilish, ta’lim olish, turizm kabi turli maqsadlarda boshqa davlatlarga chiqish imkoniyatlari kengaydi. Lekin ba’zi insonlarning soddaligi tufayli ayrim jinoyatchi shaxslar tomonidan aldanib, dinni niqob qilgan terrorchilik guruhlari ta’siriga tushib  qolgani ham bor gap. Diniy ekstremistik oqim vakillari o‘z yurti, tug‘ilib o‘sgan oilasiga xoinlik qilib, ularning aksari yoshlar ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Talaba-yoshlarga terrorizm va terorchilik hatti harakatlarining g‘arazli maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va ularga nisbatan nafrat tuyg‘usi kuchaytirildi. Uchrshuv so‘nggida talabalar bilan mavzusi doirasida savol javob qilindi.

Tadbir davomida XXI asr fitnasinomli film namoyish etildi.

ekst001 ekst002 ekst003 ekst004 ekst005 ekst006 ekst007 ekst008

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: