Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Dunyoni lol qoldirgan siymo”

08.04.2018, 10:55 Yangiliklar 78

Joriy yilning 7-aprel kuni institutimiz “Madaniyat saroyi”da soat ulug‘ ajdodimiz, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan “Dunyoni lol qoldirgan siymo” mavzusida bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirni institutimiz rektori A.Mannonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari qatori O‘zFA Akademigi Dilorom Yusupova, Jumaboy Rahimov, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, Temurshunos olim, institutimiz magistranti Xamza Boymatov, Institutimiz professori Boqijon To‘hliev, Amir Temur muzeyi direktori Hurshid Fayzievlar mehmon sifatida qatnashib, nutq so‘zladilar.

Shundan so‘ng institutning faol talaba-yoshlari tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab, “Anqara jangi” to‘g‘risida tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Ushbu tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi va ishtirokchilar o‘zlari uchun katta ma’naviy-ma’rifiy ozuqa oldilar.

 photo5353047556571114073 photo5352547278780475741 photo5352547278780475745 photo5352547278780475749 photo5352547278780475754 photo5352547278780475759 photo5352547278780475767 photo5352547278780475770 photo5352547278780475785 photo5352547278780475786 photo5352547278780475787 photo5352547278780475788 photo5352547278780475790 photo5352547278780475791 (2)

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: