Helpline
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

List of documents required for admission

Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • Ta’lim yo’nalishi, o’qitish tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;
  • O’rta yoki o’rta maxsus kasb hunar ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar tanlovi va musobaqa sovrindorlariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;
  • 3.4 x 4.5 sm o’lchamdagi 8 ta (OTM logotipi tushurilgan) fotosurat;
  • Pasportining nusxasi;

Xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar, tanlov va musobaqa sovrindorlariga o’qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;

Muddatli harbiy xizmatni o’tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo’lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Abituriyent hujjatlari qabul qilingandan so’ng, qabul komissiyasida tashkil etilgan web kamera yoki raqamli fotoapparat orqali rasmga tushadi. Bu rasm abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Rasmga tushmagan abituriyentga ruxsatnoma va titul varag’i berilmaydi.

Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko’rsatadi.

Maxsus sirtqi bo’limlarga faqat o’rta maxsus ma’lumotga va tegishli ta’lim turi bo’yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo’lgan pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilinadi. Maxsus sirtqi bo’limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirmasi talab etiladi.

Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda, qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Abituriyent qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o’qigan bo’lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi.

Arizada test o’tkazish tartib va qoidalari bilan tanishganligi, oliy ma’lumotga ega yoki ega emasligi ko’rsatiladi.

Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to’g’risida tilxat beriladi.

Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, 14-modda).

Test sinovi boshlanishidan 3 kun oldin abituriyent qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o’rganib, test topshiradigan binoning qaerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.

Abituriyentlar guruh tartib raqami ko’rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan 3 kun oldin ta’lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.

Kunduzgi, maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari, “Qabul to’g’risidagi nizom”ga asosan, o’zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog’iston Respublikasida) va rus tillarida, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o’tkaziladi

(*-bilan ko’rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).

06.07.2017, 12:55 1492

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: