Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Boltiq Xalqaro Akademiyasi bilan hamkorlik istiqbollari

03.11.2018, 16:05 Yangiliklar 115

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib institutimiz 60 dan ortiq xorijiy OTMlar bilan bitim, memorandum va shartnomalar imzolagan bo‘lib, hamkor universitetlar soni bugun yana bittaga ko‘paydi. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Latviyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Boltiq Xalqaro Akademiyasi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Kelishuvidan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “qo‘sh diplom”li ta’limni joriy etish sanaladi.

Kelishuvga ko‘ra quyidagi sohalarda hamkorlik qilish belgilandi:

  • o‘quv jarayonini takomillashtirish borasida o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayoniga zamonaviy metodlarni jalb qilish, bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qo‘shma fan dasturlarini yaratish;
  • Masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish;
  • Yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida o‘quv-metodik materiallarni almashish;
  • Hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarini olib borish;
  • Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, almashinuv dasturlarini amalga oshirish;
  • Hamkorlikdagi seminar, ma’ruzalar, konferensiyalar o‘tkazish va boshqalar.

photo_2018-11-03_15-53-49

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, TDSHI va BXAning o‘zaro hamkorligi doirasida BXAning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, i.f.d., professor Inna Petrovna Stetsenko institutimizda “Xalqaro savdo” kursini o‘qidi.  Magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu kurs ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha yangi bilimlarni qo‘lga kiritishga zamin yaratdi.

Shu bilan birga 2018-yilning 3-noyabr kuni I.Stetsenko institut professor-o’qituvchilariga seminar o’tib, Latviya va Yevropa Ittifoqining ta’lim tizimi, Boltiq Xalqaro Akademiyasida o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, Akademiyada ilmiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash masalalariga to’xtalib o’tdi.

photo_2018-11-03_15-54-04

  photo_2018-11-03_15-54-12

  photo_2018-11-03_15-54-16

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: