Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jamiyatda qonunlarga xurmat ruhini qaror toptirish – demokratik xuquqiy davlat qurish garovi” shiori ostidagi uchrashuv

30.11.2019, 12:04 Yangiliklar 41

ToshDSHIning Sharq filologiyasi fakultetida talabalar orasida huquqbuzarlik, jinoyatni oldini olish, qonun oldida barcha barobar ekanligini tushuntirish ishlari bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish va davra suhbatlari davomli ravishda olib borilmoqda. 30-noyabr kuni “Jamiyatda qonunlarga xurmat ruhini qaror toptirish – demokratik xuquqiy davlat qurish garovi”  mavzusidagi navbatdagi uchrashuv “Mumtoz kafedrasi” talaba-yoshlari va professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. Bu huquqiy tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro bo‘limi mutaxassisi S.B.Qodiraliyev  tomonidan olib borildi. Shuningdek, uchrashuvda Sharq filologiyasi dekani o‘rinbosari, kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Huquqshunos mutaxassis o‘z nutqida jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotini mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatini ta’minlash, qonunlarni hurmat qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanishi, bularning hammasi mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohatlarning tarkibiy qismiga aylanib borayotganini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, S.B.Qodiraliyev qonunlarni hurmat qilish, ular talablariga itoat etish halqimizning azaliy fazilatlaridan biri ekanligi, Qonunga, huquqqa bizning buyuk ajdodlarimiz adolat mezoni, haqiqat tarozisi sifatida qaraganliklari, odamlarni huquqiy jihatdan tarbiyalashda biz ana shu bebaho xazinadan foydalanishimiz va uning durdonalariga asoslanishimiz lozimligi,  Davlat tizimlari va mansabdor shaxslardan tortib barcha fuqarolar mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlarni hurmat qilishi, unga itoatkor bo‘lishi lozimligi haqida batafsil tushuntirish berib o‘tdi. Uchrashuv oxirida talabalar o‘z savollariga tegishli javoblarni oldilar.

30.11 2

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: