Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Eron-afg’on filologiyasi kafedrasining “Yosh olimlar” nomli iqtidorli talabalar to’garagi o’z faoliyatini boshladi

21.11.2019, 10:56 Yangiliklar 43

21-noyabr kuni ToshDSHIning Sharq filologiyasi fakulteti Eron-afg’on filologiyasi kafedrasining “Yosh olimlar” nomli iqtidorli talabalar to’garagi o’z faoliyatini boshladi. Ilmiy to’garak mashg’ulotida kafedraning fors, dariy va pashtu tillari guruhlari 1-4-bosqich talabalari va magistrantlari ishtirok etdilar. To’garak mashg’ulotini Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi mudiri PhD, dotsent H.Mirzahmedova kirish so’zi bilan ochib berdi. Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi – ilmiy to’garak rahbari N.Nuriddinov talabalarni ilmiy to’garakning maqsad-vazifalari, yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va to’garak yillik ish rejasi bilan tanishtirib o’tdi. To’garak yillik ish rejasiga muvofiq, mashg’ulotlar davomida talabalarni ilmiy ish yozish tartibi, ilmiy faoliyatni yo’lga qo’yish yo’riqlari, ilmiy maqola turlari bilan yaqindan tanishtirish, Xalqaro ilmiy bazalardagi xorijiy jurnallarda nashr etilgan ilmiy maqolalarni tahlil etib borish ko’zda tutilgan. Shu maqsadda, yillar davomida o’z ilmiy maqolalari bilan institut iqtidorli talabalar konferensiyalarining fakultet va kafedra bosqichlarida yuqori o’rinlarni egallab kelgan, hozirgi kunda o’z ilmiy izlanishlarini davom ettirayotgan kafedra magistrantlari – X. Tillashayxova va O’. Abduvaliyevalar o’z mavzulari doirasida trening-seminar o’tib berdilar. Tadbir so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

photo_2019-11-26_15-59-30 photo_2019-11-26_15-59-37 photo_2019-11-26_15-59-39

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: