Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Eron Islom Respublikasi Tashqi aloqalar bo’yicha Kengashi direktori, Ilm-fan va kognitiv texnologiyalar shtabi kotibi Kamol Xarroziy janoblarining Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga tashriflari

07.05.2019, 16:52 Yangiliklar 89

2019-yil 2-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Eron Islom Respublikasi Tashqi aloqalar bo’yicha Kengashi direktori, Ilm-fan va kognitiv texnologiyalar shtabi kotibi Kamol Xarroziy janoblari tashrif buyurdi.  Oliy martabali mehmon institutning katta majlislar zalida tantanali kutib olindi. Tadbirni institutimiz rektori A.Mannonov ochib berdi va o’z nutqida institutimiz, xususan eronshunoslikning institut tarixida tutgan beqiyos o’rni haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Shundan so’ng so’z navbatini K.Xarroziy janoblariga berildi. Institut mehmoni “O’zbekiston va eron: madaniyatlar va sivilizatsiyalararo muloqot” deb nomlangan nutqlari bilan hammani bahraman qildi. Tadbir davomida Eron-afg’on filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari so’zga chiqib,  kafedrada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdilar. Shuningdek kafedra talabalari o’z nutqlari va mashhur eron shoirlarining g’azal va sherlari bilan tadbirga fayz bag’ishladilar. Tadbir so’ngidan A.Mannonov hurmatli mehmonga esdalik sovg’alarini taqdim etdi.

e11 e12 e1 e7 e6 e5 e4 e3 e2

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: