Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Eslatma

ESLATMA

Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda qabul imtihonlarida ishtirok etadi.

Abituriyent qabul sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga soat 08:30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan tartibli ravishda kirishi, imtihonlarni o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilishga majbur.

Abituriyentning sinovlarni topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda imtihon materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Quyidagi hollarda abituriyent sinovlar jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

imtihon o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan sinovlar davomida foydalansa;

imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

imtihon materiallarini binodan tashqariga chiqarsa;

imtihon sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda materiallarni topshirishdan bosh tortsa;

sinovlar jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

03.09.2018, 16:32 278

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: