Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Tarix va falsafa fakulteti

 photo_2018-09-30_01-47-21 QODIROV ZIKRILLOXON MUSOXONOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99871 233 00 60
E-mail:

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Tarix va falsafa fakultetida beshta kafedra faoliyat yuritib, shulardan uchtasi mutaxassis etishtiruvchi va ikkitasi tsa fakultetlararo xizmat ko‘rsatuvchi kafedralar hisoblanadi. Ular quyidagilar:

1)  “Sharq mamlakatlar tarixi va hozirgi zamon muammolari” kafedrasi.

2) “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasi.

3) “Sharq falsafasi va madaniyati” kafedrasi.

4)  “G’arbiy Yevropa tillari” kafedrasi.

5) “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi.

grafMazkur fakultetda 2018-2019 o‘quv yilida jami 64 nafar, jumladan, 9 nafar professor, 12 nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi hamda 27 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

 

Tarix va falsafa fakultetida bakalavriat va magistratura bosqichida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlab yetishtirilmoqda:

Bakalavriat bosqichi

5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo’yicha);

5120300 – Tarix (Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha);

5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati;

Magistratura bosqichi

5A120302-Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha);

5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bo’yicha);

5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati.

O‘QUV, ILMIY VA SPORT  TO‘GARAKLARI

graf2Bugungi kunda fakultetdagi kafedralar va “Yoshlar Ittifoqi” BT qoshida quyidagi ilmiy-o‘quv to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda:

  • «Yosh tarixchi-sharqshunoslar»
  • «Yosh huquqshunoslar»
  • «Yosh tarixchilar»
  • «Yosh faylasuflar»
  • «Munozara» debat klubi

Undan tshaqari fakultet “Yoshlar Ittifoqi” BT faollari tashabbusi bilan “rus”, “ingliz”, “xitoy”, “koreys” va “yapon” tillaridan iqtidorli talabalar mas’ulligida til kurslari tashkil etilgan. Mazkur ilmiy-o‘quv to‘garaklar va til kurslarida 200 nafardan ortiq talabalar muntazam ishtirok etib kelmoqdalar.

Fakultetda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olishlari hamda zamonaviy mehnat bozori talablarga mos kadrlar bo’lib yetishilari uchun respublikamizdagi 20 dan ortiq nufuzli tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan va talabalar mazkur tashkilotlarda pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tamoqda. Ular qatoriga: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqot instituti, siyosiy partiyalar, Sharq qo’lyozmalar markazi, Respublika arxivi tashkiloti, kollej va litsey kabi muassasalarni misol qilib keltirish mumkin.

 

Fakultetda talaba-yoshlarni mana shunday qo’llab-quvvatlash natijasida iqtidorli talabalarimiz bir qator yutuqlarga erishishgan. Jumladan:

  “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” yo‘nalishi 2017 yilgi bitiruvchisi – Dedamirzaev Javohir – “Tarix” bo‘yicha 2016 yilgi respublika fan olimpiadasi 3-o‘rin sovrindori;

“Xorijiy mamlakatlari tarixi” yo‘nalishi 3-kurs talabalari Nazarov Davron va Narimonov Javohir – “O‘zbekiston tarixi bilimdoni” respublika ko‘rik tanlovi 2016 yilgi g‘oliblari va boshqalar.

Shuningdek, fakultet iqtidorli talabalaridan 30 ga yaqini hukumatlararo talabalar almashinuvi dasturi doirasida Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlarida o’z bilim va ko’nikmalarini oshirib qaytishdi va tahsil olishmoqda.

Shunisi quvonalarliki fakultetimizning 2 kurs MOXT yonalishi talabasi Tohirov Saydulla Saudiya Arabistonida bolgan Quron qiroati boyicha otkazilgan musobaqada 70 ta davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida sovrinli 5 orinni olib qaytdi.

Fakultetda professor-o’qituvchilar va talabalarning sport bilan shug’ullanishlariga ham alohida e’tibor qaratilib, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi bilan hamkorlikda futbol, basketbol, voleybol, kurash, tennis va shaxmat sport turlari bo’yicha o’quv yili davomida muntazam ravishda turli musobaqalar, mashg’ulotlar va “Dekan kubogi” kabi o’zaro bellashuvlar o’tkazilib kelinadi.

30.09.2018, 01:56 3275

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: