Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“FAOL INVESTISIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISH YILI”GA BAG‘ISHLAB SHOISLOM SHOMUHAMEDOV NOMIDAGI YOSH SHARQSHUNOSLARNING III FORUMI

26.04.2019, 15:53 Yangiliklar 365

2019-yil 25-aprelda  Toshkent davlat sharqshunoslik institutida  “FAOL INVESTISIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISH YILI”GA BAG‘ISHLAB SHOISLOM SHOMUHAMEDOV NOMIDAGI YOSH SHARQSHUNOSLARNING III FORUMI bo‘lib o‘tdi.  Mazkur forumni  TDSHI rektori f.f.d., prof., A.M.Mannonov Kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Shuningdek, fil.f.d.,prof M.Imomnazarov, fil.f.n., T.Xodjayevalar so‘zga chiqib, o‘zbek sharqshunosligi rivojiga o‘zining katta his­sasini qo‘shgan, sharqshunos kadrlar yetishtirishni o‘zining eng muhim vazifasi deb bilgan taniqli sharqshunos olim, xalqaro Firdavsiy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor Shoislom Shomuhamedov haqida o‘z xotiralarini so‘zladilar. Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs, dariy-ingliz guruhi talabalari B.Medesheva, M.Qulmirzayeva Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan fors va o‘zbek tillarida parchalar, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabalari A.Shermatov, I.Abdurashidov Sh.Shomuhamedov ruboiylaridan namunalar, Sharq filologiyasi fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabalari Ubaydullayeva, F.Tadjixo‘jayeva Sh.Shomuhamedovning Umar Xayyom ruboiylari tarjimalaridan namunalar aytishdi. Forumda institut bag‘rida tahsil olayotgan, o‘z ustozlari izidan borib ilm olamida kichik bo‘lsa ham bir yangilik yaratishga qo‘l urgan iqtidorli yosh­lar fors, pashto‘, dari, koreys va xitoy tilshunosligi, arab, o‘zbek, turk, koreys va xitoy adabiyotshunosligi va manba­shunosligi, Amir Timur, Ummaviylar va Abbosiylar davri fal­safasi va madaniyati hamda Buxorolik olimlar faoliyati bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar, Koreya, Xitoy, BMT, Afg‘o­niston, Hindiston, Arab mamlakatlarining tashqi siyosati ham­da sharq mamlakatlarida investisiya, soliq, yengil sanoat muam­molari doirasidagi qiziqarli ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Forum so‘nggida barcha ishtirokchilar tegishli sertifikat bilan taqdirlandilar.

photo_2019-04-30_15-54-20