Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Giyohvandlik – asr vabosi”, undan yoshlarimizni asraylik”

07.12.2017, 11:47 Yangiliklar 64

Joriy yilning 6-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Giyohvandlik – asr vabosi”, undan yoshlarimizni asraylik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Aripov, Mirobod tuman IIB, JQB giyoxvand moddalar bilan ishlash va uni oldini olish bo‘limi tezkor vakili F.Raxmonov, Institut Ibn-Sino salomatlik markazi direktori G.Usmonova, Jahon siyosati, tarix va falsafa fakulteti dekani I.Bekmuratov, fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, terrorizmga, siyosiy, diniy hamda boshqa xildagi ekstremizmga, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy yurgizilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar va boshqa huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir davomida “Qaboxat” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tushunarli va ogohlikka da’vat etgan holda javob berdilar.

photo_2017-12-07_11-46-03

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: