Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hamkor tashkilotlar

Innovatsion-korporativ hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amaliyotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-noyabrdagi “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorlikni amalga oshirishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 47-sonli bayonida keltirilgan topshiriqlar va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 12- noyabrdagi 448-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektorining 2015-yil 18-noyabridagi 01-342-sonli buyrug‘i chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus Hay’atining 2015-yil 18-noyabrdagi 49-son majlis bayonida belgilangan vazifalarning TDSHIda ijrosini ta’minlash, ularning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoringni yo‘lga qo‘yish hamda sohalar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda.

TDSHIdagi mutaxassislik kafedralarida yetuk professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi, talabalar va hamkor tashkilotlar vakillari tarkibidan iborat
18 ta innovasion guruh shakllantirilgan va faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

TDSHIning hamkor tashkilotlari:

 

Слайд6

Слайд4

Слайд3

Слайд2

 

 

OO‘MTV hay’atining 2011 yil 19 noyabrdagi “Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida innovasion korporativ  hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” holati va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida”gi 6/2-sonli qaroriga muvofiq  ToshDShIning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik, Tarix va Iqtisodiyot institutlari bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy kompleks tuzildi. Shu asosda 2012 yil 12 yanvarda mazkur 3 ta ilmiy tadqiqot instituti direktorlari va ToshDShI rektorining qo‘shma buyrug‘i e’lon qilindi.

Ushbu buyruq asosida O‘quv-ilmiy komleksning Nizomi

hamda muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi  tasdiqlandi. Bugungi kunda hamkorlikda ishlab chiqilgan qo‘shma dastur asosida ish tashkil etilgan.

Bundan tashqari institutda 2012 yildan boshlab institutda mavjud Sukuba universiteti ilmiy-tadqiqot markazi, Mahatma Gandi nomli hindshunoslik markazidan tashqari, yangi 5 ta ilmiy markaz ta’sis etildi.

18.03.2017, 23:45 888

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: