Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hamkorlik loyihasi doirasida ma’ruzalar

13.03.2018, 20:30 Yangiliklar 344

2018-yil 12-13 mart kunlari «Erasmus+ Mobility» dasturi doirasida Niderlandiyaning Leyden universitetidan tashrif buyurgan doktor (PhD) Yelena Paskaleva “Islomdan oldingi va islom davri shaharchilik madaniyati” mavzusida ma’ruzalar qildi. Ma’ruzachi shu kungacha bu sohada erishilgan yutuqlar va tadqiqotiga oid ilmiy yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, ma’ruzada Markaziy Osiyo, xususan, Hirot va Samarqand arxitekturasi bo‘yicha yangi ma’lumotlar professor-o‘qituvchi va talabalar e’tiboriga havola qilindi.

Professorlar Sh.Kamoliddin, Sh.Yovqochev, dots. A.Xudoyberdiyev,  tadqiqotchilar A.Madraimov, N.Karimov, M.Qalandarov va qator talabalar ma’ruzachiga savollar berishdi.

Ma’ruza juda qizg‘in va muhokamalarga boy bo‘ldi.

2018-yil 14-mart kuni TDSHI “Innovatsion markaz”da Leyden professori o‘zining, shuningdek, yevropalik hamkasblarining tarix darslarini tashkillashtirish, o‘tkazish metodikasi va mazkur jarayonlarda texnologiyalardan qanday foydalanish haqida mahorat darslari o‘tkazadi.

photo_2018-03-14_15-14-14 photo_2018-03-14_17-21-17

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: