Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindiston Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jha boshchiligidagi hind mehmonlarining ToshDSHIga tashrifi

30.10.2019, 11:08 Yangiliklar 60

30-oktabr kuni ToshDSHIga Hindiston Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Santosh Jha, L.B.Shastri nomidagi Hindiston Madaniyat markazi direktori professor Chander Shekhar, Hindiston Markaziy hindiy tili instituti direktori o’rinbosari, Premchandshunos olim, professor Kamal Kishore Goyanka bilan hamrohlikda Dehli universiteti, Zamonaviy hind tillari va adabiyoti bo’limi, Sindhi tili mutaxassisi doktor Ravi Prakash Tekchandani tashrif buyurishdi.

Uchrashuvning birinchi qizmida ToshDSHI rahbariyati va elchi boshchiligidagi hind mehmonlari bilan institut rektoratida qisqa fursatli uchrashuv amalga oshirildi. Mazkur uchrashuv doirasida O’zR va Hind Respublikasi aloqalarining qadimiyligi va bardavomligi, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada yangi pog’onaga ko’tarish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Hindiston oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini institutimizga hindiy tili va adabiyoti, tarixi, madaniyati, falsafasi va iqtisodi bo’yicha talabalarga dars berish uchun taklif etish hamda institut o’qituvchi va talabalarining o’z bilimlarini mustahkamlash uchun Hindiston OTMlarida tahsil olish, shuningdek, hamkorlikda hindshunoslik bilan bog’liq qo’shma ilmiy loyihalar ustida ish olib borish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi huzuridagi M.Gandi nomidagi Hindshunoslik markazida “Hindiy tili va adabiyoti hamda Mahatma Gandi” mavzusida seminar o’tkazildi. Mazkur tadbirda mehmonlar so’zga chiqib, talabalarga M.Gandi va Premchand haqida yangi ma’lumotlar ulashdilar. Kafedra talabalari ham M.Gandi hayoti, ijtimoiy faoliyati, o’gitlari bilan bog’liq mavzularda chiqish qildilar.

Seminar yakunida Premchand asarlari bo’yicha kitoblar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

photo_2019-10-31_11-43-17 photo_2019-10-31_11-43-22

photo_2019-10-31_11-43-26 photo_2019-10-31_11-43-41