Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindistonning Mavlono Ozod Milliy Urdu universiteti bilan memorandum imzolandi

07.06.2019, 18:34 Yangiliklar 252

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Hindistondagi Mavlono Ozod Milliy Urdu universiteti oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatda fakultetning iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar ajratish, talabalarning malakaviy amaliyotlarini Hindistonda tashkil etish, hindistonlik yetakchi mutaxassislarni ekspert sifatida oʼquv jarayoniga jalb etish kabi hamkorlik yoʼnalishlari oʼz aksini topgan.
Mavlono Ozod Milliy Urdu univestiteti Hindistonning Haydarobod shtatida 1998-yilda Hindistonning birinchi Taʼlim vaziri sharafiga tashkil etilgan boʼlib, mamlakatning nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur universitetda 30 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda.
Ushbu tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori prof. А. Mannonov, Mavlono Ozod Milliy Urdu universiteti rektori prof. Аslam Parvez hamda L.B. Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori prof. Chandra Shekxar, Dehli universiteti professorlari Muhammad Kazim, Said Xasan Аxtar, Аlim Аshraf, Аshraf Xon ishtirok etdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori А. Mannonov mehmonlarni samimiy qutlar ekan, ikki mamlakat oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni yangi bosqichga koʼtarish jarayonida, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga boʼlgan ehtiyoj kun sayin ortib borayotganini taʼkidladi. Bu borada oʼzaro kadrlar almashinuvi ilm-fanda yangi yutuqlarga erishish imkonini berishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, Xaydarobod kutubxonalaridagi qoʼlyozmalar fondiga alohida qiziqish bildirib, mutaxassislarning qoʼlyozma fonlaridagi manbalarni oʼrganish boʼyicha mutaxassislar almashinuvi yoki xalqaro anjumanlar tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini alohida qayd etib oʼtdi.
Mavlono Ozod Milliy Urdu univestiteti rektori Аslam Parviz, oʼz navbatida, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, amaliy hamkorlikni aniq dastur va loyihalar bilan boyitish uchun kelganini zikr etdi. Istiqbolda ham bu hamkorlik keng koʼlamda davom etishiga umid qilishini bildirdi.
Uchrashuvda oʼzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda turli taʼlim sohalaridagi ustuvor loyihalarini jadallashtirishning dolzarb masalalari koʼrib chiqildi.

photo_2019-05-30_13-32-23 photo_2019-05-30_13-32-19 photo_2019-05-30_13-32-16 photo_2019-05-30_13-32-28

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: