Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindshunoslarning xalqaro ilmiy anjumani

14.10.2017, 19:51 Yangiliklar 304

2017-yilning 12-13 oktabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik institutida “O‘zbekistonda va xorijda zamonaviy hindshunoslik: filologiya, madaniy-tarixiy aloqalar masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning tashkil etildi.
Ilmiy konferensiyaning ochilish marosimida Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Vinod Kumar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy tadqiqot faoliyatni muvofiqlashtrish boshqarmasi boshlig‘i B.Ismoilov, TDSHI rektori professor A.Mannonov, Hindistondagi jamiyai milliya islamiya universiteti dotsenti Shahid Taslim so‘zga chiqdilar.
Ushbu anjumanda hind tilshunosligining dolzarb muammolari; Janubiy Osiyo tillarini qiyosiy-tipologik o‘rganishning bugungi kun muammolari; adabiy jarayonlarida o‘zaro ta’sir masalalari: qadim, o‘rta asrlar va yangi davr; hind adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga, o‘zbek adabiyoti sara asarlarining hind tillariga tarjima masalalari; Janubiy Osiyo mamlakatlari madaniyati; Hindistonda Boburiylar davri: til, adabiyot, tarix va madaniyat; Hindiston va O‘zbekiston madaniy aloqalari mustaqillik davrida; Hindiston va Markaziy Osiyo aloqalarining tarixiy ildizlari, hind falsafasi kabi yo‘nalishdagi masalalarni muhokama qilindi.
Anjuman ilmiy to‘plamiga o‘zbekistonlik olimlar bilan bir qatorda, xorijiy Hindistonning Javaharla’l Neru universiteti, Jamiya milliya islamiya universiteti, Haydarobod universiteti, Rossiya davlat gumanitar universiteti, Kiev milliy lingvistika universiteti, MDU Osiyo va Afrika tadqiqotlari instituti maqolalari, shuningdek, yosh hindshunos tadqiqotchilar va talabalarning izlanishlari ham kiritilgan.

photo_2017-10-14_18-35-03 photo_2017-10-14_18-35-10 photo_2017-10-14_18-35-14

photo_2017-10-14_18-35-19

photo_2017-10-14_18-35-23 photo_2017-10-14_18-35-26

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: