Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga tashrif

03.09.2019, 15:33 Yangiliklar 88

2019-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida  «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tarixiy o‘rni» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  Mazkur konferensiya Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Mazkur tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi fakultetining bir gurux professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ular Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etib, “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli  ko‘rgazmaga tashrif buyurdilar.

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: