Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ilmiy jurnallar

001

SHARQSHUNOSLIK / ВОСТОКОВЕДЕНИЕ / ORIENTAL STUDIES

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI ILMIY JURNALI

Bosh muharrir  prof. Mannonov Abdurahim Mutalovich

SHARQSHUNOSLIK. ВОСТОКОВЕДЕНИЕ . ORIENTAL STUDIES” ilmiy jurnalida chop etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

“Sharqshunoslik. Востоковедение. Oriental Studies” – ilmiy-nazariy jurnali sharqshunoslik fani tarmoqlarining dolzarb masalalari, sharqshunos mutaxassislar tomo-nidan yaratilgan tadqiqotlarning natijalari, yangi ilmiy xulosalar yoritiladigan ilmiy jurnal. Unda Sharq xalqlari va mamlakatlari madaniyati, tarixi, til va adabiyoti, falsafasi, iqtisodi hamda siyosatshunosligi masalalariga oid dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar chop etiladi.

Jurnal doktorlik dissertatsiyalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jurnalda quyidagi ruknlar mavjud:

  • TILSHUNOSLIK, ADABIYOTSHUNOSLIK, TARIX, FALSAFA,
  • JAHON SIYOSATI VA XALQARO MUNOSABATLAR, IQTISOD,
  • ILMIY AXBOROT, TAQRIZLAR, ILMIY HAYOT

Ilmiy maqolalar:

  • ilmiy mazmunga va yangilikka ega bo‘lishi, tadqiqotlarning dolzarbligi va maqsadi aniq ko‘rsatilishi;
  • aniq ilmiy va amaliy tavsiyalar tarzida xulosalar berilishi;
  • tushunarli va ravon bayon etilishi;
  • iqtibos, havola (snoska)lar aniq bo‘lishi, ilmiy apparat belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va har bir sahifa tagida joylashtirilishi;– matn va havolada keltirilgan transkipsiyada yozilgan so‘zlar tan olingan ilmiy transkripsiyaga mos bo‘lishi;
  • maqolalarning hajmi jadvallar va h.k. bilan birga, 8-10 bet, materiallar A4 o‘lchamda, 1,5 interval, 14 kegel hamda Times New Roman shriftida bo‘lishi;
  • tahririyatga materiallarning elektron varianti hamda qog‘oz nusxalari topshirilishi;
  • maqola matnidan oldin muallif haqidagi to‘liq ma’lumotlar (familiya, ism, sharif, ilmiy daraja, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqamlari) berilishi;– maqola bilan birga ichki va tashqi taqrizlar rasmiylashtirilgan holda taqdim etilishi;
  • maqola sarlavhasidan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida har biri 3-4 ta gapdan iborat qisqa annotatsiya yozilishi hamda 3 tilda tayanch so‘z va iboralar bo‘lishi kerak.

Ilmiy axborot rukniga beriladigan maqolalar ham yuqoridagi talablarga javob berishi, ularning hajmi 4-5 sahifa bo‘lishi kerak.

Ilmiy hayot rukniga sharqshunoslik bilan bog‘liq ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, tadbirlar haqidagi materiallar 2 betgacha hajmda bo‘ladi.

Jurnalda chop etishga taqdim etilgan taqrizlar 5 betgacha hajmda bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, past saviyada yozilgan va ma’lumotlari eski bo‘lgan maqolalar chop etilmaydi va mualliflariga qaytarib berilmaydi.

 

shm-jurnal

“SHARQ MASH’ALI”

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ilmiy-uslubiy, ma’rifiy jurnali

Bosh muharrir  prof. Mannonov Abdurahim Mutalovich

“SHARQ MASH’ALI” ilmiy jurnalida chop etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

“SHARQ MASH’ALI” – O‘zbekistonning ma’naviy, madaniy-ijtimoiy hayotiga, shuningdek, sharqshunoslik fani, xususan, xorijiy Sharq mamlakatlari adabiyoti, Sharq falsafasi, san’ati, madaniyati, maorifi, tarixi, mamlakatshunosligiga oid masalalar bo‘yicha dolzarb mavzularda maqolalar chop etiladigan ilmiy-uslubiy, ma’rifiy jurnal.

Jurnalda adabiyot, til, tarix, sharq falsafasi, tarjimashunoslik, sharq san’ati, sharq tillari va adabiyotini o‘qitish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha turli ruknlar mavjud.

Shuningdek, jurnal sahifalarida o‘zbek adabiyoti namunalarining sharq tillariga tarjimalari va sharq tillaridan o‘zbek tiliga qilingan yangi tarjimalar berib boriladi.

Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, koreys, xitoy, yapon, arab, fors, turk, hindiy tillarida chop etilishi mumkin.

Maqolalar:

  • ilmiy mazmunga va yangilikka ega bo‘lishi, tadqiqotlarning dolzarbligi va maqsadi aniq ko‘rsatilishi;
  • aniq ilmiy va amaliy tavsiyalar tarzida xulosalar berilishi;
  • tushunarli va ravon bayon etilishi;
  • iqtibos, havola (snoska)lar aniq bo‘lishi, ilmiy apparat belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va har bir sahifa tagida joylashtirilishi;
  • matn va havolada keltirilgan transkipsiyada yozilgan so‘zlar tan olingan ilmiy transkripsiyaga mos bo‘lishi;
  • maqolalarning hajmi jadvallar va h.k. bilan birga, 6-8 bet, materiallar A4 o‘lchamda, 1,5 interval, 14 kegel hamda Times New Roman shriftida bo‘lishi;
  • tahririyatga materiallarning elektron varianti hamda qog‘oz nusxalari topshirilishi;
  • maqola matnidan oldin muallif haqidagi to‘liq ma’lumotlar (familiya, ism, sharif, ilmiy daraja, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqamlari) berilishi;
  • maqola bilan birga ichki va tashqi taqrizlar rasmiylashtirilgan holda taqdim etilishi;
  • maqola sarlavhasidan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida har biri 3-4 ta gapdan iborat qisqa annotatsiya yozilishi hamda 3 tilda tayanch so‘z va iboralar bo‘lishi kerak.

Ilmiy hayot rukniga sharqshunoslik bilan bog‘liq ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, tadbirlar haqidagi materiallar 2 betgacha hajmda bo‘ladi.

 

Bog‘lanish
Manzil: Toshkent, Shahrisabz ko‘chasi, 25.
Tel.: (+99871) 233-45-21
E-mail: sharq-jurnal@inbox.uz

21.01.2017, 15:33 928

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: