Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Doktorantura

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi:

07.00.03 Jahon tarixi
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti
09.00.03 Falsafa tarixi
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari

TDSHIDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI

Tayanch doktoranturagava mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarning hujjatlari 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.  O‘qish muddati uch yil. Tayanch doktoranturaga qabul TDShIda tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Talabgorlar kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda tanlab olinadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qonun hujjatlariga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerak:
–    Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;

–    muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;

TAYANCH DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

  1. Ariza;
  2. Biografik ma’lumotnoma;
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
–    kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
–    bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
–    muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  1.  Ariza;
    2.    Ish joyidan tavsifnoma;
    3.    Ma’lumotnoma;
    4.    bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
    5.    Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
    6.    Ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.

Doktorantura, tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

2018-yilga doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

DOKTORANTURA (DSs):

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi   Doktorantura (DSc)
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 1 o‘rin

 

TAYANCH DOKTORANTURA (PHD):

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi   Tayanch doktorantura (PhD)
07.00.03 Jahon tarixi 1 o‘rin
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 1 o‘rin
08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 1 o‘rin
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 1 o‘rin
09.00.03 Falsafa tarixi 1 o‘rin
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti 2 o‘rin
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 2 o‘rin
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 1 o‘rin
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 1 o‘rin
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotini siyosiy muammolari 1 o‘rin

Tayanch doktorantura (PhDtalabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Ariza;
  • Biografik ma’lumotnoma;
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  • Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Qabul imtihonlari royxati:

  • Mutaxassislik
  • Chet tili.

 

Doktoranturaga (DSs) talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Ariza;
  • Biografik ma’lumotnoma;
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • Ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezislar nusxasi;

Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

 

SHUNINGDEK, YUQORIDA ZIKR ETILGAN IXTISOSLIKLAR BOYICHA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA (ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALMAGAN HOLDA OQISH UCHUN) QABUL ELON QILADI.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • Ariza;
  • Ish joyidan tavsifnoma;
  • Biografik ma’lumotnoma;
  • Magistra diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik diplom nusxasi;
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (kamida ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasiga ega bo‘lish kerak)
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
  • Fan doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida fan nomzodi yoxud falsafa (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

Qabul qilish:

  • Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va OTM qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

HUJJATLAR 2017 YIL 15 SENTYABRDAN 15 OKTYABRGACHA INSTITUT ASOSIY BINOSINING 408-XONASIDA QABUL QILINADI

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi 25-uy.

Ma’lumot uchun telefon: (8-371) 233-45-21,  236-79-65

 

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida doktorantura va tayanch doktoranturaga
2018-yil uchun hujjat topshirgan talabgorlar soni to‘g‘risida ma’lumot

Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi Ajratilgan kvotalar soni Kelib tushgan arizalar soni

Doktorantura

08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 1 1

Tayanch doktorantura

07.00.03 Jahon tarixi 1 1
07.00.08 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 1 2
08.00.01 Iqtisodiyot nazariyasi 1 1
08.00.09 Jahon iqtisodiyoti 1 1
09.00.03 Falsafa tarixi 1 1
10.00.05 Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti 2 4
10.00.06 Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 2 3
10.00.10 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 1 2
23.00.02 Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 1 1
23.00.04 Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari 1 1

08.11.2017, 17:01 1423

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: