Til bayrami Печать E-mail
There are no translations available.

 

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Turkiyot, Pedagogika va tillar, Mumtoz filologiya kafedralari tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilganligiga  19  yil to‘lishi munosabati bilan  til bayrami tadbiri tashkil etildi. 21-oktabr kuni talabalar turar joyida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda institut rektori prof. A.Mannonov boshchiligida rahbariyat, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.

 

 

 

 

Bayramga tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon va taniqli jurnalist, “Gulxan” jurnalining bosh muharriri Ashurali Jo‘rayevlar o‘z ijod namunalari va qiziqarli suhbatlari bilan barcha yig‘ilganlarni bahramand etdilar.

 

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan  ona tilimiz haqida she’rlar , ajoyib qo‘shiqlar bayram shukuhini yanada oshirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar guruhi tayyorlagan qator sahna ko‘rinishlari qiziqarliligi, hayotiyligi bilan  hammada katta taassurot qoldirdi.