Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Indoneziya kunlari

14.03.2020, 10:52 Yangiliklar 13

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “Indoneziya kunlari” tadbirining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunar’yo Kartadinata boshchiligidagi elchixona a’zolaridan iborat delegasiya tashrif buyurdi. Mazkur tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalar o‘z chiqishlari, sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Unda talabalar o‘zlarining indonez tilini bilish darajasi bilan bog‘liq musobaqalar, indonez milliy liboslari namoyishi, indonez musiqasi va milliy qo‘shiqlari ijro etildi. Tadbir talabalar tomonidan tayyorlagan madaniy chiqishlar bilan qizg‘in va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa sovrindorlariga institut rektori G.Rixsieva va Elchisi Sunar’yo Kartadinata tomonidan sovg‘alar topshirildi. Ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Institut rektori G.Rixsieva bugungi kunda mamlakatimizning Indoneziya Respublikasi bilan turli sohalarda o‘zaro aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligi, ta’lim sohasida institutda kelgusida indonez tilini o‘qitishni yanadarivojlantirish va indonez do‘stlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirishga umid bildirdi.
Tadbir yakunida Indoneziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunar’yo Kartadinata bugungi kunda institut bilan mustaxkamlanib borayotgan xamkorlik alokalariga urgu bergan xolda institut raxbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izxor etdi.

photo_2020-03-14_15-32-59

photo_2020-03-14_15-34-31

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: