Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ingliz tili kafedrasi

 maksudova-umida MAKSUMOVA UMIDA ABDURAXIMOVNA
Ilmiy darajasi va unvoni: O‘qituvchi.
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 921 50 40
E-mail: umidamaksumova@mail.com

 

Kafedra tarixi

1997 yili fakultetda ingliz tili kafedrasi tashkil etilib, unga dotsent Z.V.Sattarova mudirlik qila boshladi. Ingliz tilini o‘qitish ishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan S.G.Shodieva, M.T.Shahidova, T.T.Salimova va V.M.Rahimovalar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlab, dotsent lavozimiga ega bo‘ldilar. 1981 yildan boshlab kafedraga I.B.Martinovskiy mudirlik qila boshladi va bir yildan so‘ng Igor Borisovich pedagogika fanlari dotori, professor unvoniga ega bo‘ldi.

ToshDU tarkibidagi sharq fakulьteti negizida 1991 yili mustaqil institut, ya’ni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etilganidan keyin uning tarkibida ingliz tili kafedrasi shakillantirildi. 1996 yili mazkur kafedradagi bir guruh o‘qituvchilar Xalqaro iqtisod va munosabatlar fakultetiga o‘tdilar. Kafedraga 1995-2009 yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent V.M.Rahimova rahbarlik qildi. 2009 yildan boshlab kafedraga K.S.Rahmonberdieva mudirlik qilib kelgan.

2014 yildan to hozirgi kunga qadar U.A.Maksumova kafedra mudiri lavozimida o‘z faoliyatini olib bormoqda. 2015-2016 o‘quv yilida quyidagi o‘qituvchilardan: P.f.n, docent S.A.Karimbekov, S.S.Tursunova, A.S.Alimjanova, N.A.Yusupova, D.Sh.Maratova, F.F.Mahmudova, stajor-o‘qituvchilar: G.E.Abdullayeva, D.A.Salihova, Z.K.Jurayevalar instutut miqyosida ingliz tilini mukammal darajada o‘rganishni targ‘ib qilib kelishdi.

2016-2017 o‘quv yilida kafedra tarkibida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, yangi pedagog-o‘qituvchilar Irgasheva Z.Sh., Fayzieva A.H., Hudayarova Z.S., Jabborova Z.T., Azodova M.N., Akbarova M.B., Panferova I.V. faoliyatlarini olib borishmoqda.

Kafedra bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari:

  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari bo‘yicha);
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy filologiyasi);
  • 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar bo‘yicha);
  • 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo‘yicha);
  • 5120300 – Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha);
  • 5120700 – Jahon siyosati (Xitoy Xalq Respublikasi);
  • 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq

Respublikasi).

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

  • 5A120101 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari va tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • 5A120102 – Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha);
  • 5A120103 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha);
  • 5A120104 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik;
  • 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari

bo‘yicha);

  • 5A231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar

va mintaqalar bo‘yicha).

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriyat yo‘nalishi:

  1. Ingliz tili

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Ingliz tili

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Tursunova Saida Sabitovna – o‘qituvchi
  2. Akbarova Malika Bahramovna – stajor o‘qituvchi
  3. Jabborova Zuhra Tursunaliyevna – stajor o‘qituvchi
  4. Azodova Mahliyo Ne’matjon qizi – stajor o‘qituvchi
  5. Habibullayeva Mahliyo Erkinovna – o‘qituvchi
  6. Abdulleva Guzal Ergashevna – stajor o‘qituvchi
  7. Karimbekov Samad Ahatovich –dotsent, pedagogik fanlar nomzodi
  8. Xudayarova Zamira Samadovna – o‘qituvchi
  9. Panferova Irina Vitalievna – o‘qituvchi
  10. Fayzieva Adiba Husnutdinovna – o‘qituvchi
  11. Irgasheva Zumrad Shanazarovna – o‘qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litsey.
  2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod akademik litsey.

Kafedraning xalqaro hamkorligi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

  1. Karimbekov Samad Axatovich- Academic English
  2. Karimbekov Samad Axatovich- English Guitar Lesson Book. 2015
  3. Karimbekov Samad Axatovich- «Интеграционнiе процессi в системе образования Узбекистана» 2008

Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari

  1. Ingliz tilini o‘qitishda integrativ darslarni ishlab chiqish

Fotolahvalar

umida1

umida2

umida

23.11.2016, 16:24 1059

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: