Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharqshunos akademiklar

Faxrli sharqshunos akademiklarimiz

Sharqshunos mutaxassislar orasidan o‘z vaqtida jamiyat hayotining turli sohalari bo‘yicha yetuk sharqshunos mutaxassislar, tarjimonlar, lingvist va adabiyotshunoslar, tarixchilar, manbashunoslar yetishib chiqqan.

Jumladan, Sharq fakultetining dastlabki qaldirg‘ochlaridan bo‘lgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov, akademiklar, mashhur olimlar: Ubaydulla Karimov, Azizxon Qayumov, Bo‘riboy Ahmedov, Rahima Aminova, Shoislom Shomuhamedov, Alibek Rustamov, Mo‘binjon Baratov, Abdulahad Muhammadjonov, Abduqodir Hayitmetov, Asomiddin O‘rinboyev kabilarni xalqimizning faxriga aylangan sharqshunoslar desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur olimlar o‘z sohalari bo‘yicha yirik sharqshunoslik ilmiy maktablarining asoschilariga ham aylandilar.

Ular yetishtirgan shogirdlar yurtimizda Sharq ilmining rivojlanishi va istiqboli yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqdalar.

 

qodirovpQODIROV PIRIMQUL – (1928-2010) Tojikistonning Shahriston tumanida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakulteti tarix bo‘limining 1951-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.

Ilmiy yo‘nalishi – adabiyotshunoslik, hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti.

Hamza nomidagi O‘zR Davlat mukofoti (1981) laureati, O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988), “Shuhrat” medali sohibi (1994l).

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: «Творчество Абдуллы Каххара». –M., 1954.

 

 

karimovuKARIMOV UBAYDULLA ISROILOVICH – (1920-1997) Toshkent shahrida tug‘ilgan. SAGU sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, kimyogar olim, filologiya fanlari doktori, akademik (1995).

Ilmiy yo‘nalishi – Tabiiy fanlar tarixi, Sharqdagi kimyo, dorishunoslik, tabobat tarixi, arab badiiy adabiyoti kabi sohalarni o‘rganish.

Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1971), O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni (1980), Bobur nomli oltin medal (1993) sohibi bo‘lgan.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: «Неизвестное сочинение Абу Бакра ар-Рази «Книги тайни тайн» в свете других его трудов по химии» – Tashkent, 1953.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Китоб ас-сайдана” (Фармакогнозия) Беруни”. – Toshkent, 1972.

 

qayumovaQAYUMOV AZIZXON – 1926-yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari doktori, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – o‘zbek mumtoz adabiyoti, adabiy manbashunoslik, matnshunoslik. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

O‘zR FAning haqiqiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti va Xalqaro Al-Buxoriy mukofoti laureati. Ikki marta “Hurmat belgisi” ordeni va bir necha medallar bilan mukofotlangan, 4 marotaba O‘zbekiston va Belorussiya Oliy Soveti Prezidiumlarining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. “Xalq maorifi a’lochisi”.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: “Maxmur ijodini o‘rganishga doir” – T., 1956.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Qo‘qon adabiy muhiti”. – T., 1961.

 

ahmedovbAHMEDOV BO‘RIBOY – (1924-2002) Andijon viloyatida tug‘ilgan. SAGU (Hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1953-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-eronshunos, tarix fanlari doktori, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – O‘zbekiston xalqlari va madaniyati tarixi, O‘rta Osiy xalqlari o‘rta asrlar adabiyoti, Temur va temuriylar davri tarixi. Ko‘plab monografiyalar, ilmiy-ommabop kitob va broshyuralar, risolalar hamda ilmiy va ma’rifiy maqolalar muallifi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi (1989), O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1995), Ikkinchi jahon urushi fatnashchisi (1942-1945), “Do‘stlik” (1997) va “Buyuk hizmatlari uchun” (1999) ordenlari va bir qancha medallar bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: “Государство кочевых узбеков при Абу-л-хайр-хане”. – Leningrad, 1961.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Балхские ханства в XVI – перв. половине XVIII вв.” – Leningrad, 1974.

 

aminovarAMINOVA RAHIMA  – (1925-2001) Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. SAGU (Hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining dastlabki – 1949-yil bitiruvchilaridan. Sharqshunos-tarixchi-arabshunos, tarix fanlari doktori, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi, tarixnavislik, agrar munosabatlar masalasi. U 14 monografiya, bir necha risola va maqolalar, 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha xalqaro (Moskva – 1970, San Fransisko – 1975, Shvesiya – 1978, Mexiko – 1982, GFR – 985, Kuba, Efiopiya, Jazoir, Bolgariya, GDR…) ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi.

O‘zbekiston FA muhbir a’zosi (1966) Beruniy nomidagi Davlat mukofoti (1968) sohibasi, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1985), O‘zRFA akademigi (2000), bir qancha medallar hamda O‘zR Oliy Kengashining fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: “Народное движение и ирригационном строительстве Узбекистана (1939-1940 гг.)”. – Tashkent, 1953.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Аграрная политика Советской власти в Узбекистане”. – Tashkent, 1963.

 

rustamovaRUSTAMOV ALIBEK – 1931-yil Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1954-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari doktori, professor (1968), akademik. O‘zFA ning haqiqiy a’zosi (1995).

Ilmiy yo‘nalishi – turkiy tillar, she’rshunoslik, navoiyshunoslik. 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Tyurkologiyaga bag‘ishlangan bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi (Olma-ota, 1976-1980 y.; Nukus, 1979 y.; Ufa, 1982 y.; – Istanbul, 1999 y.).

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi ba’zi grammatik xususiyatlar”. –T., 1959.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Alisher Navoiy tilining fonetik va morfologik xususiyatlari”. –T., 1966.

 

shomuhamedovshSHOMUHAMEDOV SHOISLOM – (1921-2007) Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1952-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari doktori, professor, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – fors-tojik mumtoz adabiyoti, ularning tarjimasi; zamonaviy eron adabiyoti masalalari. 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Jahon urushi qatnashchisi (1941-1943), SSSR Yozuvchilar uyushmasining a’zosi (1959), Xalqaro Firdavsiy mukofoti sovrindori (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), O‘zbekiston Oliy Kengashining faxriy yorliqlari (5 marta) sohibi bo‘lgan.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “Progressiv fors yozuvchisi va shoiri Ehson Tabariyning ijodi”. –T., 1957.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Fors-tojik klassiklari ijodida gumanistik g‘oya taraqqiyoti masalalari”. –T., 1970.

 

baratovbBARATOV MO‘BINJON – (1933-2005) Nurota shahri (Navoiy viloyati)da tug‘ilgan. SAGU (Hozirgi O‘zMU) sharq fakulteti xorijiy sharq mamlakatlari tarixi bo‘limining 1956-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-hindshunos, falsafa fanlari doktori, professor, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – Sharq xalqlari falsafasi tarixi. 150 dan ortiq monografik tadqiqotlar, risolalar, ilmiy va ommabop maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi.

1979-yildan O‘zFA muxbir a’zosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: «Борба учений, содержащих материалистические тенденсии против идеализма и мистисизма в Узбекистане». –Tashkent, 1961.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Ленинизм и развитие обществ. –полит. И филос. Мисли в Индии (1917-1947 гг.)”. –Tashkent, 1972.

 

muhammadjonovaMUHAMMADJONOV ABDULAHAD – 1928-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. SAGU (Hozirgi O‘zMU) sharq fakulteti xorijiy sharq mamlakatlari tarixi bo‘limining 1951 yil bitiruvchisi. Sharqshunos, tarixchi va arxeolog, tarix fanlari doktori, professor (1989), O‘zFA akademigi (2000).

Ilmiy yo‘nalishi – O‘zbekiston tarixi, fan, texnika tarixi, arxeologiya, manbashunoslik va toponimika. 70 dan ortiq monografiya va risolalar, 500 dan ortiq ilmiy, uslubiy ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “XIX asrning 20-50 yillarida Buxoroning Rossiya bilan olib borgan aloqalariga doir manbalar”. –Toshkent, 1955.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Quyi Zarafshon vohasining sug‘orilish tarixi (qadim zamondan to XX asr boshigacha)” –Toshkent, 1973.

 

hayitmetovaHAYITMETOV ABDUQODIR – (1926-2006) Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanining Qiyoliqum qishlog‘ida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari doktori, professor, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – forsiy va turkiy mumtoz adabiyot, navoiyshunoslik. 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978), O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining ikki marta (1970 va 1992) sovrindori.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari”. T., 1955.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Navoiyning ijodiy metodi”. –T., 1965.

 

orinboyevaO‘RINBOYEV ASOMIDDIN – (1929-2009) Toshkent shahrida tug‘ilgan. SAGU (Hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1950-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-eronshunos, tarix fanlari doktori, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – tarixiy manbashunoslik, tarixiy tadqiqotlar metodlari.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi (1989). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (2001). O‘zR Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan, bir necha medallar bilan mukofotlangan.

Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi”. – T., 1961 (monografiya bo‘yicha).

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Писма-автографи Абдурахмана Джами из «Албома Навои» как исторический источник”. –T., 1984.

 

yusupovadYUSUPOVA DILOROM – 1941-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1963-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, tarix fanlari doktori, akademik.

Ilmiy yo‘nalishi – tarixnavislik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomzodlik dissertasiya mavzusi:  “Муджмал-и Фасихи” как источник по истории и истории култури Средней Азии и Среднего Востока». –T., 1974.

Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Творческое наследие Хондамира как источник по истории культуры Центральной Азии ХВ-ХВИ вв.”. –T., 2001

 

26.09.2018, 21:36 155

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: