Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Institutda “E.A.Shmidt – sharqshunos olim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

12.10.2018, 18:46 Yangiliklar 372

2018-yilning 12-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida buyuk sharqshunos olim, arabshunos, O’zbekistonda sharqshunoslik ilmining asoschilaridan biri E.A.Shmidt xotirasi va ilmiy ijodiga bag’ishlab “E.A.Shmidt – sharqshunos olim” nomli davra subati tashkil etildi.

Davra suhbatida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi R.N.Shigabdinov, dotsent A.X.Xudoyberdiev, dotsent G.Sh.Rixsieva, dotsent J.K.Shabanov, institut professor-o’qituvchilari, talabalari hamda E.A.Shmidtning qarindoshi F.Olennikova ishtirok etdi.

Davra suhbatini dotsent G.Sh.Rixsieva ochib berdi va oxirgi yillarda institutimizda E.A.Shmidt ilmiy ijodiga bag’ishlab ko’plab tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etilganligini ta’kidladi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi R.N.Shigabdinov sharqshunos olim E.A.Shmidt haqida ma’ruza qilib, uning ilmiy ijodi haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlar berdi hamda institut kutubxonasiga olim haqida chop etilgan kitobdan bir nusxa sovg’a qildi. Shuningdek, dotsent A.X.Xudoyberdiev va dotsent J.K.Shabanovlar ham E.A.Shmitd haqida ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalar ishtirokchilarda katta taassurot uyg’otdi va davra suhbati savol-javoblarga boy bo’ldi.

photo_2018-10-12_18-38-32 photo_2018-10-12_18-38-26 photo_2018-10-12_18-38-20
20181012_185833

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: