Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi

 photo_2018-12-18_11-41-50 KAMILOVA MASHKURA 
Ilmiy darajasi va unvoni: iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99890 933 30 97
E-mail:

Kafedra tarixi

“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti rektorining 2015 yil 5 – iyundagi 01-159-sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari 5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarga, 5A231001 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarga dars berishmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”

Kafedra magistratura mutaxassisligi

  • 5A231001 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Iqtisodiyot nazariyasi
  2. Makro va mikroiqtisodiyot
  3. Pul va moliya
  4. O‘zbekiston iqtisodiyoti
  5. Buxgalteriya hisobi asoslari
  6. Statistika
  7. Marketing asoslari
  8. Menejment asoslari

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy nazariyalari

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. To‘xliyev N.– Iqtisod fanlari doktori, professor.
  2. Xolmatov N. – Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
  3. Kamilova V.– Iqtisod fanlari nomzodi, kafedra mudiri
  4. Imomova N.– Katta o‘qituvchi
  5. Shodiyev M.– O‘qituvchi
  6. Zokirjonova F.– O‘qituvchi
  7. Mirzayev M.– O‘qituvchi
  8. Mardonov Sh.– O‘qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

Kafedra jamoasi ilmiy, ilmiy-pedagogik, o‘quv-uslubiy yo‘nalishlarda Respublikamizning qator oliy o‘quv muassasalari turdosh kafedralari, ilmiy tadqiqot markazlari, nashriyotlari, ilmiy jurnal va gazetalari bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etgan. Ular quyidagicha: O‘zbekiston Milliy universiteti “Iqtisodiyot nazariya” va “Makroiqtisodiyot” kafedralari; TDIUning “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi; TMIning “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi; TIUning “XIM” kafedrasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ijtimoiy tadqiqotlar markazi; “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti; “Iqtisodiyot va moliya” ilmiy-amaliy jurnali, “Innovasion ta’lim” o‘quv markazi va boshqalar.

Kafedraning o‘quv-pedagogik, ilmiy-uslubiy salohiyatini yanada oshirish, xodimlar tarkibini optimallashtirish, kafedra faoliyatining yanada dinamik bo‘lishini ta’minlash maqsadida mazkur tashkilot, muassasa va ilmiy nashrlar bilan quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan:

  • kafedra o‘quv-pedagogik faoliyatiga mazkur hamkorlar salohiyati va imkoniyatlarini jalb qilish;
  • malakali professor-o‘qituvchilar ko‘magida yosh mutaxassislarning pedagogik mahoratini oshirish;
  • yosh mutaxassislarga turli ilmiy jurnallarda, ilmiy anjumanlarda maqolalarining nashr etilishiga ko‘maklashish;
  • zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
  • doktorlik dissertatsiyasini tayyorlashda uslubiy yordamlashish;
  • tarjima ishlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda amaliy yordam berish va boshqalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda 20 dan oshiq o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlandi va nashr etildi. Jumladan,

  1. Iqtisodiy bilim asoslari (N.To‘xliyev, Q.Haqberdiyev, Sh.Ermamatov, N.Xolmatov, 2002)
  2. Ekonomika bolshogo turizma (N.To‘xliyev, hammualliflikda, 2005)
  3. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari (N.To‘xliev, Q.Haqberdiev, SH.Ermamatov, N.Xolmatov, 2006)
  4. Ekonomika Uzbekistana (N.Tuxliev, A.B.Atamirzaev, 2009)
  5. Respublika Uzbekistan (N.Tuxliev, A.Kremenseva, 2010)
  6. Taraqqiyotning O‘zbek modeli, (N.To‘xliev, 2012)
  7. Mikroiqtisodiyot (N.Xolmatov, N.Imomova, 2012)
  8. Moliya va kredit (Q.Haqberdiev, N.Imomova, 2012)
  9. Makroiqtisodiyot (N.Xolmatov, N.Imomova, 2013)
  10. Ekonomicheskaya teoriya (M.Kamilova, F.Zokirjonova, 2014)
  11. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariya va ta’limotlari (N.Xolmatov, 2013)
  12. Moya strana (N.Tuxliev, 2013)
  13. Ekonomika arabskix stran (Kamilova M.X., hammualliflikda, 2006)
  14. Konseptualnыe podxodы formirovaniya konkurentosposobnoy ekonomiki Uzbekistana (Kamilova M.X., 2006)
  15. O‘zbek modeli: taraqqiyot tamoyillari (N.To‘xliyev, 2014)
  16. Osiyo taraqqiyot modeli (N.To‘xliyev, 2015)
  17. O‘zbekistonda sanoatlashuv jarayonini chuqurlashtirishda xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish imkoniyatlari (N.Imomova, 2017)
  18. O‘zbekiston iqtisodiyoti (N.To‘xliev, Q.Haqberdiev, SH.Ermamatov, N.Xolmatov, 2018)
  19. Sovremenniy ekonomicheskoe teorii regionalnogo razvitiya (M. Kamilova 2018)

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi

Kafedraning ilmiy-uslubiy salohiyatidan samarali foydalangan holda, turdosh kafedralar, respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va nashriyotlari bilan hamkorlikda har yili respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Anjuman materiallari tegishli tarzda to‘plam holida nashr etilayapti. Ularning ayrimlari quyidagilar:

  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari, asosiy saboqlari va milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’siri.
  • Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning dolzarb masalalari: xorij tajribasi, muammolar, istiqbollar.
  • O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqaviy bozorlar va jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvining dolzarb masalalari.
  • Ilmiy-texnika va innovasion taraqqiyot: Global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar.
  • “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oligopol bozorni tartibga solish xususiyatlari;
  • “Sanoatlashuv jarayonini chuqurlashtirishda xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish qonuniyatlari”;
  • “Milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirishning institusional asoslari”.

Kafedraning ilmiy anjumanlari

Kafedraning ilmiy-uslubiy salohiyatidan samarali foydalangan holda, turdosh kafedralar, respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va nashriyotlari bilan hamkorlikda har yili respublika darajasidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Anjuman materiallari tegishli tarzda to‘plam holida nashr etilayapti. Ularning ayrimlari quyidagilar:

  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlari, asosiy saboqlari va milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta’siri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2011 yil 25 aprel.
  • Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning dolzarb masalalari: xorij tajribasi, muammolar, istiqbollar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2012 yil 25 aprel.
  • O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqaviy bozorlar va jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuvining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2013 yil 25 aprel.
  • Ilmiy-texnika va innovasion taraqqiyot: Global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar, Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi. 2015 yil 28 mart.
  • “Milliy iqtisodiyotda liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari (xorij va O‘zbekiston tajribasi)”2018 yil 20 aprel

Kafedra hayotidan fotolavhalar

 
iqti3

iqti2

iqti1

iqti-4

 

18.12.2018, 11:49 2924

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: